Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ: Avtotransport va mexanizmlar kuz-qish mavsumiga tayyor holda faoliyat yuritmoqda
  • 06.10.2021
  • 587

  2021-yil 9-oylik yakunlari bo‘yicha Avtotransport va mexanizmlar xizmati faoliyatidan hisobot ma'lumotlari.

  Har bir sohaning amalga oshirayotgan investitsion loyihalari, kapital qurilishlari, ekspluatatsion tadbirlari bevosita transport sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu sohani doimiy shay holatda saqlash, har qanday turdagi favqulodda holatlar oldini olish, tezkorlik bilan bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarida operativ vazifalarni o‘z vaqtida bajarish doimiy nazorat va e'tiborni talab qiladi. Hozirgi davrda yurtimiz magistral va ichki yo‘llarida avtotransport vositalarining soni sezilarli darajada ko‘payishi transport sohasi mutaxassislariga yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta'minlash borasida katta mas'uliyat yuklamoqda.

 

  2021-yilning o‘tgan 9 oyida Aksiyadorlik jamiyatimizning transport xizmati uchun bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan:

  Investitsion dasturlar doirasida, shuningdek Jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan Magistral elektr tarmoq filiallarimiz uchun jami 30 dona avtotransport va mexanizmlar xarid qilindi. Jumladan:

    - 6 ta brigada avtomashinasi;

    - 2 ta “KamAZ” rusumli yuqori o‘tuvchanlikka ega tyagach;

    - 4 ta tayanch ustunlari tashiydigan maxsus yarimtirkama (oporovoz);

    - 1 ta IVECO rusumli ETL avtomashinasi;

    - 1 ta UAZ-236324 “Profi” yuk avtomashinasi;

    - 1 ta UAZ-2363 “Patriot” rusumli operativ avtomashinasi;

    - 1 ta LADA 4x4, 21310 “Niva”;

    - 3 ta "KamAZ" tyagach avtomashinalari;

    - 1 ta "KamAZ" yuk avtomashinasi;

    - 7 ta operativ xizmatlar uchun yengil avtomashinalar;

    - 2 dona "Damas" rusumli avtomashina;

    - 1 dona "Labo" rusumli yuk avtomashinasi.

 

  “O‘zbekiston MET” AJ filiallariga investitsion dastur doirasida va rejasiga asosan xarid qilingan yangi maxsus texnikalari

 

  Transport ishi boshqaruvini takomillashtirish, raqamlashtirish tizimini joriy etish maqsadida 100 dona avtotransport vositalariga GPS tizimi o‘rnatish bo‘yicha Ta'minot boshqarmasiga buyurtma berildi. Hozirda ushbu tizimni o‘rnata oladigan korxonalar bilan shartnoma tuzish shartlari o‘rganilmoqda.

  Shu bilan bir qatorda, “Andijon MET” filiali avtogaraji uchun zamonaviy mobil turidagi yoqilg‘i tarqatish konteynerli stansiyasi ( КАЗС контейнерная автозаправочная станция ) bilan ta'minlandi. Shu yo‘nalishda yana “Toshkent MET", “Samarqand MET” va “Farg‘ona MET” filiallari uchun ham sotib olish rejalashtirilgan. Qolgan filiallarda avtoxo‘jalik hududi va yoqilg‘i tarqatish punktlari o‘rnatilgan tartibda tashkil qilingach, xarid qilish rejalashtirilgan.

“Andijon МEТ” filiali uchun harid qilingan KAZS-10 rusumli yoqilg`i tarqatish konteyneri

  Energoob'ektlarni kapital va joriy ta'mirlash, shuningdek energetika ob'ektlarida favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida Avtotransport va mexanizmlar xizmati ishtirokida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:

  - “Sirdaryo MET” filiali “Go‘zal” PSdagi oqova suvlar o‘zanini sozlash va yangilash maqsadida ekskavator texnik yordamga jo‘natildi, ish to‘liq bajarildi;

  - Sel-toshqin davrida “Qashqadaryo MET” filialining yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari tayanch ustunlarini mustahkamlash va sel oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish uchun 1 dona ekskavator texnik yordamga jo‘natildi, belgilangan doirada ishlar bajarildi;

  - “Surxondaryo MET” filialiga tegishli L-519 havo tarmog‘ining Panjob daryosi bo‘yida joylashgan 390-sonli tayanch ustunining tag qismini mustahkamlash uchun 1 dona buldozer texnik yordamga jo‘natildi, belgilangan ish to‘liq bajarildi;

  - “Farg‘ona MET” filialiga tegishli L-20-D va L-524 yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari tag qismini qum barxanlaridan tozalash, ankerlarini mustahkamlash ishlari uchun buldozer texnik yordamga yuborildi, hozirda rejalashtirilgan ishlar yakunlanmoqda;

  - “Farg‘ona MET” filialiga tegishli Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tgan L-503 yuqori kuchlanishli havo tarmoqlarining (tayanch ustunlarining) tag qismini mustahkamlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun “Farg‘ona MET” filialining bir qancha maxsus texnikalari hamda “Magistraltarmoqqurilish” filialining buldozeri yordamida ish hajmi to‘liq bajarildi;

  - “Jizzax MET” filialining “DNS-2” podstansiyasini kengaytirish va “Sirdaryo MET” filialining “Go‘zal” podstansiyasida olib borilayotgan kapital ta'mirlash ishlarini jadallashtirish maqsadida “Buxoro MET” filiali “Qorako‘l-500” podstansiyasidan elektr uskunalarini tashish uchun “Magistraltarmoqqqurilish” filialining 2 ta "MAN" rusumli tyagachi va “Xorazm MET” filialining 1 ta "KamAZ" rusumli tyagachi texnik yordamga jo‘natildi va ushbu avtomashinalar har biri Buxoro-Jizzax-Yangier yo‘nalishida 20 dan ortiq qatnovni amalga oshirdi;

  - “Toshkent MET” filiali L-19-D havo tarmog‘idan 2 ta 110 kVli elektr tarmog‘ini qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, “Buxoro MET” filialidan 60 dona SK-22 rusumli tayanch ustunlarini tashishda “Toshkent MET” filialining 2 dona tayanch ustunlarini tashishga mo‘ljallangan tyagach, 2 dona maxsus yarim tirkama, “Navoiy MET” filialining avtokrani, “Buxoro MET” filialining avtokrani va boshqa maxsus texnikalar jalb qilindi.

  - “Toshkent MET” filialining L-19-D yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i qurilishi ishlarini jadallashtirish maqsadida 15 dan ortiq maxsus texnikalar jalb qilindi.

 

L-519 havo tarmog`ining Panjob daryosi bo`yida joylashgan 390-sonli tayancha ustunining tag qismini mustahkamlash ish jarayoni

 

“Sirdaryo МEТ” filiali “Go`zal” PSdagi oqova suvlar o`zanini sozlash ish jarayoni

 

 

 

 

“Buxoro МEТ” filialidan 60 dona SK-22 rusumli tayanch ustunlarini demontaj qilish va tashish jarayoni

   Yuk va passajir tashishda, yuk ko‘tarishda hamda maxsus ishlarni bajarishda avvalo hayot xavfsizligini ta'minlash, favqulodda holatlar oldini olish maqsadida ta'mirlash iqtisodiy samara bermaydigan, ma'nan eskirgan: “Qashqadaryo MET” filiali balansidan 1 dona yengil, 1 dona avtobus avtotrasporti, “Toshkent MET” filiali hisobidan 2 dona yengil va 1 traktor transport vositasi, “Xorazm MET” filiali balansidan har xil turdagi 7 dona mexanizmlar va “Samarqand MET” filiali balansidan 3 ta yuk avtomashinasi, 1 dona buldozer va 1 dona traktor pritsepi asosiy vositalar hisobidan chiqarildi.

  Jamiyat filiallari tarkibidagi avtoxo‘jaliklar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida hududlarga chiqib doimiy ravishda amaliy yordam berib kelinmoqdi. Jumladan, “Qashqadaryo MET”, “Surxondaryo MET”, “Energomaxsusavto” MChJ, “Magistraltarmoqqurilish”, “Sirdaryo MET”, “Jizzax MET” va “Samarqand MET” filiallar faoliyatlari o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

  2021-yil 9 oyi davomida neft mahsulotlarini iqtisod qilish maqsadida 7 dona avtomashinani gaz yoqilg‘isiga qayta jixozlash rejalashtirilgan bo‘lib, reja 100% to‘liq bajarildi.

  Logistika yo‘nalishida investitsion dasturlarni xamda ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida og‘ir yuk mashinalar orqali har xil turdagi metall konstruksiyalar, energouskunalar, katta hajmli va og‘ir vaznga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli transformatorlar respublika bo‘ylab beto‘xtov va operativ ravishda yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Хаvfli va katta hajmli (gabaritli) yuklarni tashish jarayonidan lavhalar

  Avtotransport vositalari shay holatda va beto‘xtov operativ vazifalarni amalga oshirish maqsadida, filiallar uchun elektron xaridlar orqali jami 58 dona har xil turdagi akkumulyator batareyalari va 200 dona har xil turdagi avtoshinalar xarid qilinib, talabnomalar asosida filiallarga tarqatildi.

  Shuningdek, yuk ko‘tarish mexanizmlari uchun xavfsiz yuk ko‘tarish ishlarini bajarish maqsadida 200 metr tross, 12 turdagi yuk ko‘tarish moslamalari, stropalar bilan ta'minlandi. 2021-yil 4-choragi va 2021-2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida filiallar uchun yana  74 dona akkumulyator batareyalari va 241 dona avtoshinalarga talabnoma berildi.

 

 

Filiallar uchun xarid qilingan stropa, avtoshina va akkumlyator batareyalari

   Albatta, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarimizdan tegishli xulosa chiqarish, kelgusidagi ish jarayonlarida ularni takrorlamaslik — Avtotransport va mexanizlar xizmatining asosiy ish prinsipi hisoblanadi. Shu maqsadda, yil oxirigacha oldimizga ulkan vazifalarni reja qilib qo‘ydik. 2021-2022-yil kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rildi. Maxsus texnikalarni doimiy shay holatda saqlash, ta'mirlash iqtisodiy samara bermaydigan texnikalarni hisobdan chiqarish, neft mahsulotlarini iqtisod qilish maqsadida gaz yoqilg‘isiga qayta jixozlash, GPS-tizimi o‘rnatish, avtoxo‘jaliklarimizni yangi va zamonaviy turdagi yoqilg‘i tarqatish kolonkalari bilan ta'minlash, doimiy ravishda joriy va mukammal ta'mirlash ishlarini o‘tkazish, me'yoriy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta'minlash, barcha turdagi texnikalarni doimiy shay holatga keltirish kabi vazifalar asosiy maqsad sifatida belgilab olindi.

  Nodir Azimov,  «O‘zbekiston MET» AJ Avtotransport va mexanizlar xizmati boshlig‘i


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>