Qiziqarli xabarlar
Xitoyda dunyodagi eng katta shamol turbinasi namoyish qilindi
  • 06.09.2021
  • 658

 Xitoyning “MingYang Smart Energy” kompaniyasi 16 MVt quvvatga ega dunyodagi eng yirik shamol turbinasini namoyish qildi. Shamol turbinasi dengizda kam uchraydigan kuchli shamollar sharoitida ishlashga mo‘ljallangan va hatto tayfunlarga ham chidamli hisoblanadi.

Qanotlarning uzunligi - 118 metr.
Rotor diametri (qanotlar bilan tasvirlangan doira) - 242 metr.
Xizmat ko‘rsatish muddati - 25 yil.

Turbina yiliga 80000 MVt*s elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu avvalgi dengiz turbinasidan 45 foizga ko‘proq. Birinchi turbina prototipi 2023 yilning birinchi yarmida o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, seriyali ishlab chiqarish 2024 yilning birinchi yarmidan boshlanadi.

#shamolenergiyasi

Manba: @Clearenergy

https://t.me/clearenergy/1133

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>