Yangiliklar
Bugun, 2021-yil 24-sentyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalari qo‘mitasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
  • 24.09.2021
  • 223

  Bugun, 2021-yil 24-sentyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalari qo‘mitasi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi filial, ijtimoiy soha ob'ektlari va boshqa boshqarma hamda tuzilmadan mutaxassislar videokonferensaloqa shaklida masofadan turib ishtirok etishdi.

  Seminar mavzusi:  “GENDER STRATEGIYASINING MAZMUN-MOHIYATI VA AHAMIYATI”

  Seminarda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.M.Parpiyev, “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova hamda Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, katta leytenant M.R.Safarovalar mavzuga oid masalalar yuzasidan ma'ruza qilishdi.

 

Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>