Rostov AESida xavfsizlikning yangi avlod yoqilg‘i elementlarini (ATF, Advanced Technology Fuel) ishlata boshlashdi. Reaktorning faol zonasi yangi yoqilg‘i tarkibida uchta innovatsion yonilg‘i yig‘indisi yuklangan. Yonilg‘i tayoqchalarining bir qismi uchun konstruktiv material sifatida xrom-nikel qorishmasi, boshqa qismi esa xrom qoplamali sirkoniy qotishmasidan ishlatilgan. Bu favqulodda vaziyatda faol reaktorda parli sirkoniy reaksiyasining rivojlanishini butunlay istisno qilish yoki sezilarli darajada sekinlashtirish imkonini beradi.
ATFning ushbu g‘oyasi so‘nggi yillarda global atom energetikasining asosiy tendensiyasi bo‘lib, u baxtsiz hodisalar yuz berganda atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan. Quvvat reaktorida ishlaydigan yonilg‘i ushbu mahsulotni yanada tijoratlashtirishda muhim qadamdir.
Xalqaro ekspertlarning fikricha, ATF qisqa muddatda jahon bozorida ilg‘orlar qatorida o‘z o‘rnini topadi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati