OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Muborakbod etamiz!
  • 19.09.2021
  • 419

Tug‘ilgan kun

ORIF TO‘XTASh

 Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va telejurnalist Orif To‘xtash tavallud topgan kun.
Orif To‘xtash 1976-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.
Orif To‘xtash “G‘unchalar tabassumi”, “Quyosh yo‘li”, “Ko‘ngilga tashrif”, “Vatan atri” va “Ajabtovur arznomalar” nomli she'riy to‘plamlar muallifi.
   2018-yildan Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “O‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyoti” kengashi raisi sifatida faoliyat olib boradi. Orif To‘xtash qalamiga mansub bir qancha she'rlar bugungi kun boshlang‘ich ta'lim darsliklariga ham kiritilgan bo‘lib, uning ko‘plab she'rlarini yosh avlod vakillari yaxshi bilishadi.
   O‘zining publitsistik maqolalari va ijodiy asarlari bilan respublikamizning barcha nashrlari hamda teleradio efirlarida muntazam ishtirok etib keladi.
   U telejurnalist sifatida “To‘rtinchi hokimiyat”, “Yozuvchi va zamon”, “Adabiy jarayon”, “Yonimizdagi odam”, “Uyga qaytib...” va “Tundaliklar” singari ko‘rsatuvlarga turli davrlarda mualliflik qilgan.
   Orif To‘xtash 1993-1998-yillar mobaynida Samarqand Davlat universitetida jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha tahsil olgan. 2001-2020-yillar oralig‘ida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining turli tizimlarida xizmat qilib keldi.
   2020-yilning mart oyidan to bugungi kunga qadar Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
   Orif To‘xtash mamlakatimiz Mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan joriy yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
   Ijodkor faoliyatiga doir yangiliklar hamda yangi yozilgan she'rlari bilan https://t.me/Orif_Toxtash_ijodi telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi Orif To‘xtashni bugungi sana bilan muborakbod etib, kelgusi ijodi va mehnat faoliyatida zafarlar yor bo‘lishini tilaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

https://t.me/yozuvchilar_uz/7084

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>