OAV va jamoatchilik bilan ishlash
TA'ZIYA.....
  • 17.09.2021
  • 305

O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Nurullaev Lutfulla Inoyatovich 69 yoshida vafot etdi.

  L.I.Nurullaev 1952-yilda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1974-yilda O‘zbekiston energetika vazirligi «O‘zenergosozlash» korxonasida issiqlik uskunalarini sozlash sexi muhandisligidan boshlagan va 1991- yilga qadar vazirlik tizimidagi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1991-2019-yillar oralig‘ida “O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda turli lavozimlarni, 2019-2020-yillarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda mahalliylashtirish masalalarini muvofiqlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ butun mehnat faoliyatini energetika sohasiga baxsh etgan, mehribon ustoz, ajoyib inson, fidoiy energetik Nurullaev Lutfulla Inoyatovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

L.I.Nurullaevning yorqin xotirasi energetiklar qalbida doimo saqlanib qoladi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» Aksiyadorlik Jamiyati

>