Yangiliklar
99 mingta uyga yetadigan elektr manbayi – Qibrayda turklar qurayotgan IESdan reportaj
  • 23.08.2021
  • 397

  Toshkent viloyatining Qibray tumanida 240 megavatt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda. Loyiha 2022-yilning mart oyida yakunlangach, taxminan 99 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan.

 

  Turkiyaning “Cengiz Energy” kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurmoqda. Bu haqda IES qurilishi bilan tanishish uchun tashkil etilgan press-turdan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

  Loyiha direktori o‘rinbosari Caner Karabayga ko‘ra, loyiha 2022-yilda to‘liq ishga tushadi.

  “Ayni kunda 380 nafar xodim ishlatyapmiz, ularning 38 nafari turk va qolganlari o‘zbekistonliklar. Xodimlar nafaqat Qibray, balki butun O‘zbekistondan. O‘zbekistonlik xodimlar safimizda elektrik va mexanik bo‘lib ishlashmoqda.

  Bugunga kelib loyiha dizayn jihatdan 95 foizga va umuman olganda 50 foizga bitirilgan. Energetika vazirligiga va'da berilgani kabi 2022-yilda ishga tushirishga tayyor qilamiz”, – deydi u.

  Davlat-xususiy sherikchilik loyihasi 2021-yil 2-fevralda qabul qilingan alohida prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilyapti.

 

  IES ishga tushgach, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Cengiz Energy” o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida imzolangan bitimga muvofiq, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib oladi.

  “Loyiha qiymati 150 million AQSh dollari atrofida baholangan. U to‘liq xususiy investor tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihada ikkita gaz turbinasi va bitta bug‘ turbinasi ishlatiladi, gaz turbinasi AQShda, bug‘ qozonlari Germaniyada ishlab chiqarilgan.

 

  Loyiha muddati 25 yil, shu muddatdan keyin O‘zbekiston o‘zi bu IES kerak bo‘ladimi-yo‘qmi, hal qiladi. O‘zbekistonda ishlatilayotgan quvvatlarning kunlik maksimumini 11 gigavatt deb olsak, bu loyiha uning 2 foizini, joriy yilda ishga tushadigan boshqa loyihalar bilan qo‘shib hisoblasak, 7-8 foizni tashkil qiladi”, – deydi Energetika vazirligi Elektr-energetika sohasida islohotlarni amalga oshirish loyiha ofisi direktori o‘rinbosari Bahrom Umarbekov.

 

  2021-yil 24-mart: Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Fidokor” mahalla fuqarolari yig‘ini faollari bilan loyihaning ekologik muhitga ta'siri yuzasidan OMMAVIY ESHITUV tadbiri o‘tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4971-sonli qarori ijrosi: “CENERGO” MChJ taqdimoti, Investitsion loyihaning atrof-muhitga ta'siri bo‘yicha ommaviy eshituv, “Fidokor” MFY faollari bilan muloqot

  Batafsil (matn): https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-03-25

  Batafsil (video): https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7964

  https://kun.uz/uz/19960733

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>