Yangiliklar
Online: Ayni paytda «Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida “Muhim ob'ektlarni injener-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanishi hamda sanoat va yong‘in xavfsizligi ta'minlashni tashkillashtirish mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
  • 20.08.2021
  • 384

  Ayni paytda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Samarqand magistral  elektr tarmoqlari” filialida “Muhim ob'ektlarni injener-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanishi hamda sanoat va yong‘in xavfsizligi ta'minlashni tashkillashtirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

  Tadbirda «O‘zbekiston MET»  AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshlig‘i Haydarov Sarvarjon Pazladdinovich, Samarqand viloyati hokimiyati vakili Yazdonov Olmos Aslonovich, Samarqand viloyati milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tursunov Akmal Pardayevich, Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining o‘rinbosari Ahrorov Umid Zaynullayevich, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori Qurbonov Fayzulla Zubaydullayevich hamda 7 ta viloyat magistral elektr tarmoqlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

 

SANOAT VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI TA'MINLASH — MUHIM VAZIFA

  Avval xabar berganimizdek, ayni paytda «Samarqand magistral  elektr tarmoqlari» filialida “Sanoat va yong‘in xavfsizligi ta'minlashni tashkillashtirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

  Tadbirda Samarqand viloyati hokimiyati vakili O.A.Yazdonov viloyatda sanoat va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi. So‘ngra Samarqand viloyati milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.P.Tursunov muhim ob'ektlarni qo‘riqlash, harbiy xizmatchilarning harbiy tayyorgarligini yuksaltirish yuzasidan qilinayotgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida ma'ruza qilib, seminar ishtirokchilarining savollariga javob berdi.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>