Kelib tushgan murojaatlar
«Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat,bo‘lim va boshqarma mutaxassislariga taqdim etamiz, so‘ngra...»
  • 12.08.2021
  • 656

  Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi: «Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma mutaxassislariga taqdim etamiz, so‘ngra...»

  Murojaat egasi: Qurbonnazarov Suxrob Erkin o‘g‘li

  Murojaat mazmuni: «Men ishga kirish uchun hujjat topshirmoqchiman. Ma'lumotim oliy. Shu yil Toshkent davlat texnika universiteti magistratura bosqichini tugatdim...»

  Murojaatga javob: «Hurmatli fuqaro Suhrob Erkin o‘g‘li! Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadr_nes@mail.ru elektron pochtasiga rezyume-ma'lumotnomangizni yuborishingiz lozim.

  MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

  Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

  Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.

  Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

  Elektron pochta: kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

  Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

  Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

  Hurmat bilan,

  Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida tez-tez e'lon qilinib, bu haqdagi oylik hisobotlar har oyning 10-sanasigacha Ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirib borilmoqda.

  Yaqin kunlar ichida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «Onlayn rezume» funksiyasi ishga tushirilish arafasida. Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>