OAV va jamoatchilik bilan ishlash
2021-yil 1-dekabrgacha kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishi ta'minlanadi
  • 10.08.2021
  • 478

  Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash tizimi joriy etiladi.

  Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrgacha:

  ♦ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda “TMEK” axborot tizimlari YAIDXP bilan integratsiya qilinadi;

  ♦ davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va to‘lov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimi joriy etiladi.

  Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi huzuridagi Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi negizida Davlat xizmatlarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

  Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvargacha “avtomobil tarixi” ma'lumotlarini (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) avtomototransportlarga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali shartnomaviy asosda davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali aniqlash davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

  2021-yil 1-dekabrgacha kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishi ta'minlanadi hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatiladi.

  Kanalga ulanish ► https://t.me/huquqiyaxborot

https://t.me/huquqiyaxborot/10085

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>