Yangiliklar
«InnoWeek» innovatsion haftaligi bugun o‘z ishini yakunlaydi
  • 31.10.2019
  • 839

   Yodingizda bo‘lsa, 23-25-oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» xalqaro ko‘rgazmalar majmuining 1- va 2-pavilionlarida 14-xalqaro «UzEnergyExpo-2019» hamda 9-xalqaro «UzStroyExpo-2019» ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tgan edi.

   Bugun, 31-oktabr kuni O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan «InnoWeek» ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunlamoqda. Eslatib o‘tamiz, «O‘zekspomarkaz» majmuida o‘tkazilgan mazkur haftalik 29–31-oktabr kunlari faoliyat yuritib, «Islom Hamkorlik Tashkiloti davlatlarining birinchi robototexnika musobaqasi» tadbirlariga ulanib ketdi.

   Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «InnoWeek» innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar ham o‘zining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>