“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil 9-iyul kunidagi 01-05-27/137-sonli topshiriqnomasining ijrosini ta'minlash maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida 12–16-iyul kunlari “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazildi.
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Farg‘ona MET” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi bilan hamkorlikda nomlari ko‘rsatib o‘tilgan kitoblar 1 (bir) nusxadan podstansiyalarning xizmat va bo‘limlarga topshirildi.
Kitoblar: Robin Sharma “O‘lsang kim yig‘laydi?”, Jorj Samyuel Kleyson “Vavilonlik eng boy odam”, Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”, Robert Kiyosaki “Boy ota — kambag‘al ota”, Paulo Koelyo “Alkimyogar”.
Buyuk dramaturg Vilyam Shekspir kitoblar haqida shunday degan edi: “Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi”.
❗️ Ushbu kitoblar ham jahon adabiyoti bestsellerlari hisoblanib, insonni tafakkur qilish, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanpavar va ma'nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda beqiyos o‘rin tutadi.
Kitoblarni topshirish jarayonida ham ushbu so‘zlar ta'kidlanib, “Yoshlikda olingan bilim — toshga o‘yilgan naqsh” kabi, o‘qilgan kitoblar yillar o‘tsa-da hayotda albatta asqotishi ta'kidlab o‘tildi.
✍️ Q.Mirzayev, “Farg‘ona MET” filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati