Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi
  • 02.07.2021
  • 517

  Bugun, 2021-yilning 30-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgani munosabati bilan xalqaro sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda CERT International s.r.o. O‘zbekistondagi vakili Marat Xabibulin “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi barcha xodimlarni ulkan yutuq — ISO sertifikatini olgani bilan muborakbod etdi.

 

 

  Marosimda ta'kidlandiki, mazkur sertifikat Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining korrupsiyaga qarshi standartlarga mos ekanligi hamda tashkilotda poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurash tizimi mavjudligi uchun berilgani, shuningdek, tashkilot mamlakat tashkilotlari ichida birinchi o‘ntalik reytingi ichida ushbu sertifikatga ega bo‘lgani alohida e'tirof etildi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston MET” AJ korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani xalqaro tashkilot vakillari tomonidan mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

  Sertifikatni topshirish marosimda ishtirok etgan CERT International s.r.o.ning O‘zbekistondagi vakili Marat Ramilevich mazkur sertifikat berilishida tashkilot faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurash tizimi qay darajada ekanligi atroflicha o‘rganilib, xalqaro standart talablariga muvofiq tahlil qilingani, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ birinchi bo‘lib mazkur xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritganini alohida e'tirof edi. Uning fikricha, ushbu sertifikat tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari va tashkilotlari ichida yetakchi ekanligini anglatadi. Qolaversa, boshqa tashkilotlar ham, xoh u davlat tashkiloti bo‘lsin, xoh xususiy, bunday sertifikatsiyalash jarayonidan o‘tishi xalqaro tashkilot vakili tomonidan bildirildi.

Qisqa qilib aytganda, ushbu sertifikat Jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

 

 

  Xo‘sh, sertifikatga loyiq deb topilish jarayoni qanday kechgan edi?

  “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining birinchi bosqichi 2020-yilning birinchi yarmida amalga oshirildi. Bu paytda yuqori turuvchi tashkilotlar, Adliya vazirligi, keyinroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning o‘z vakolatini suiiste'mol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida keng jamoatchilikni yordamga chaqirdi. Jamoatchilik nazorati — mamlakatda rahbar xodimlarning javobgarligini oshirishga imkon yaratib bergani rost.

  Aksiyadorlik jamiyatida ham yuqori tashkilotlarning tegishli tavsiya va ko‘rsatmalariga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tashkil etildi. Korrupsiya xavfiga moyil bo‘lgan vazifalar (vakolatlar) va lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Xodimlarni bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlar asosida ishga olish va xodimlarni tanlov yo‘li bilan ishga qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun tashkilot faoliyatiga taalluqli ochiq ma'lumotlar uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga, shu bilan birga, tegishli tartibga ko‘ra, Hukumatning ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirib borildi.

 

 

 

  Jarayonning ikkinchi bosqichi 2021-yilning yanvar oyidan may oyigacha amalga oshirildi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standarti asosida jamiyatning 10 dan ziyod ichki hujjatlari tubdan yangilandi. Hujjat almanishish hamda ijro jarayonini nazorat qilish raqamli texnologiyalar yordamida shaffof shakl bosqichlariga o‘tkazildi.

  Filial, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va xizmatlarning yillik hisobotlari “Sarhisob” ruknlari orqali OAV hamda keng jamoatchilik e'tiboriga havola etib borildi. Jamiyatda 2 ta qo‘shimcha: Yagona va Ishonch telefon raqamlari o‘rnatilib, murojaatlar qayd etilishi va tegishli tartibda murojaatlar yuzasidan hisobdorlik yuritish yo‘lga qo‘yildi.

  Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilishda va compliance tizimida xodimlar tomonidan qoidabuzarlikni xabar qilish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  •  Maxsus «ishonch telefoni» +998 71 -208-56-49ajratildi;

  • Alohida elektron pochta (biznesetika@uzbekistonmet.uz) ochildi va ma'sul xodim biriktirildi;

  • Sovg‘alar va unga tenglashtirilgan qimmatbaho buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestri shakllantirildi.

 

 

  Uchinchi navbatda, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi korrupsiyaviy shart-sharoitlarni minimallashtirish hisobiga korrupsiya huquqbuzarligi minimal darajaga tushirildi. Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari o‘rtasidagi korrupsiya va uning oqibatlari to‘g‘risida seminarlar o‘tkazildi.

  Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytida “Murojaatlar” rukni orqali jamoatchilik vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Elektron sahifaga viloyat magistral elektr tarmoqlari to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar, jumladan ularning rahbarlari, joylashgan manzili va telefon raqamlari joylashtirildi.

 

 

 

  Misol tariqasida uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan ayrim ma'lumotnoma va hisobotlarni e'tiboringizga taqdim etamiz:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda «Korrupsiyaga qarshi kurash, biznes etika va shaffoflik» mavzusida video-seminar bo‘lib o‘tdi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/182

2019-yil sarhisobi: «Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida so‘ndirilib, penya va yuqorilovchi foizlar mablag‘lari iqtisod qilindi»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/234

 
2019-yil sarhisobi: «Jamiyat faoliyatining huquqiy asoslari — taraqqiyot sari odimlashdagi ishonchli qadamlarga teng»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/242
Har bir ishda ma'naviyat ustuvor bo‘lmog‘i lozim
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/403
Prezident qarorlari ijrosi: Jamiyatning ochiqligi va shaffofligi ta'minlanmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/813

uzbekistonmet.uz: Prezident qarorlariga muvofiq davlat xaridlari shaffofligi ta'minlanib, shartnomaviy kelishuvlar samaradorligi oshirilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/465
 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/568

 
Jamoatchilik e'tiboriga elektr energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritilmoqda (infografikali taqdimot)
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/901
Endi davlat organlari hamda tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni veb-saytlariga joylashtirib, jamoatchilik muhokamasiga havola etadi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1175

 

  To‘rtinchi bosqich 2021-yilning iyun oyi davomida amalga oshirildi. Ya'ni, “CERT International” s.r.s. xalqaro tashkiloti tomonidan Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha audit tekshiruvlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan audit natijasi ko‘ra ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikati berilgani qayd etildi.

 

 

  Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiyaga sabab bo‘layotgan holatlarni o‘rganish hamda jamiyatni bunday balodan qutqarish — keng jamoatchilikni, xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri. Binobarin, iqtisodiyotimizni yanada jadal yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Bu maqsad yo‘lida barchamiz birlashishimiz, hamjihat va hamfikr bo‘lishimiz, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatini nafaqat qo‘llab-quvvatlashimiz, balki unda faol ishtirok etishimizni bugungi davrning o‘zi taqozo etayotganini unutmasligimiz lozim.

  Batafsil: https://kun.uz/10524618

               http://kun.uz/ Telegram каналлари

               Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская

               https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6001

  Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2021-yil fevral oyida ISO 9001 xalqaro standartining sifat menejmenti sertifikatiga ega bo‘lgan edi.

  Nigora Abdullaeva,

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy menejment, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i

  Qo`shimcha ma'lumotlar:

  https://t.me/energetika_xabarlari

  http://minenergy.uz/uz/news/view/1336

  https://kun.uz/uz/

  https://kun.uz/uz/53127161

  https://uza.uz/oz/


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>