✅ Endilikda davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni avval veb-saytlariga joylashtirib, so‘ngra jamoatchilik ishtirokida muhokama etadilar
“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro‘yxati (33 ta) tasdiqlandi.
❗️ Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni har yili:
➖ 1-martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10-martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;
➖ 1-aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazadi.
✅ 2021-yil 1-iyuldan quyidagilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Ochiq ma'lumotlar portaliga (Portal) va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:
● amalga oshirilgan davlat xaridlari;
● mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;
● Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar;
● o‘zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.
Batafsil manba: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/32
Axborot hamkori: https://t.me/huquqiyaxborot
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati