OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“Barqaror gidroenergetika” loyihasi asosida umumiy o‘rnatilgan quvvati 24 MVt bo‘lgan 3 ta gidroelektr stansiyalar quriladi
  • 22.06.2021
  • 306

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi “Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 497-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “barqaror gidroenergetika” loyihasi doirasida Oqsu daryosida Rabat, Chappasuy va Tamshush GESlari qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun 25-yil muddatga 60,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolangan.

  Mazkur GESlar qurilishiga jalb etilgan kredit mablag‘lari loyihalar doirasida Osiyo taraqqiyot banki tartib-taomillariga asosan “tayyor holda topshirish” sharti asosida Bosh pudratchini aniqlash uchun xalqaro ochiq va shaffof tender savdolari o‘tkazildi.

  Tender savdolari natijalariga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ va Xitoy Xalq Respublikasining “CHINA NATIONAL ELECTRIC ENGINEERING CO., LTD” davlat korxonasi o‘rtasida umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollari miqdoridagi “Oqsu daryosida Rabat, Chappasuy va Tamshush GESlari qurilishi” investitsiya loyihasi bo‘yicha 2021-yil 18-iyundagi UGE/PC-001 sonli “tayyor holda topshirish” sharti asosida shartnoma imzolandi.

 

 

 

 

 

 

Mazkur shartnoma shartlariga asosan, ushbu yangi GESlarni qurib foydalanishga topshirish muddati – 3 yil etib belgilangan.

Yangi GESlarning umumiy o‘rnatilgan quvvati 24 MVtni tashkil etadi. Xususan, Rabat GES – 6,2 MVt, Chappasuy GES – 7,5 MVt, Tamshush GES – 10,3 MVt.

Ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirilishi natijasida, qayta tiklanadigan manbalar hisobidan o‘rtacha yillik 97,5 mln. kVt.soat ekologik toza elektr energiya ishlab chiqariladi.

  Loyihani amalga oshirish davrida 500 dan ortiq ishchi-xizmatchilar ish bilan ta'minlanadi. Loyiha yakunida, mazkur GESlarda doimiy mehnat qilish uchun 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bundan tashqari, yiliga 29,3 mln. kub metr tabiiy gazning iqtisod qilinishiga erishiladi. Bu esa, 90,0 mingga yaqin xonadonning elektr energiya bilan ta'minlanishiga zamin yaratadi.

Manba: “O‘zbekgidroenergo”

Axborot xizmati

https://uzgidro.uz/news/view/1461

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>