...Sotish taqiqlangan
Bilasizmi, 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi hududida 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni sotish to‘xtatilgan. Ammo hozir ham bozor rastalarida ular sotilmoqda...
Aniqrog‘i, O‘zbekistonda 2016-yil 1-iyuldan quvvati 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni erkin muomalaga chiqarish, 2017-yil 1-yanvardan esa sotish taqiqlangan. Bu Vazirlar Mahkamasining 20-oktabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan edi.
Huquqiy asos: https://lex.uz/docs/2792714
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekistonda cho‘g‘lanma lampa ishlab chiqarilmaydi. Faqat chetdan (Qirg‘izistondan) import qilinar edi. Do‘konlarda 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalar hozir ham sotilmoqda.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi....
Bojxona va soliq organlarining ushbu qarordan xabari bormi?
Agar xabari bo‘lsa, nima uchun hozir ham 40 Vtdan yuqori bo‘lgan lampalar bozorlarda erkin sotilmoqda?
Izoh berishsa yaxshi bo‘lar edi...
Bir oyda 69 kilovatt•soat
Birgina energiya tejovchi svetodiod — LED lampasining qanchalar foydali ekanini bilasizmi?
“Sho‘rtan” gaz-kimyo majmuasi xodimi Islom Jalilovning hisoblashicha, agar ishlatilayotgan 100 Vt quvvatli cho‘g‘lanma lampalarni 3 Vt quvvatli energiya tejovchi lampalarga almashtirilsa, 1 sutkada 24 soat ishlaganda:
Demak, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 69 kilovatt•soat elektr energiyasini iqtisod qiladi. Bu esa, amaldagi 295 so‘m tarif bo‘yicha hisoblaganda bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 20 ming 602 so‘m iqtisod qilar ekan.
Agar ushbu holatni bir viloyat yoki butun mamlakat misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, iqtisod qilinishi mumkin bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qanchalik katta bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas.
Demak, o‘z-o‘zidan ma'lumki, 40 Vt.dan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni erkin sotilishiga yo‘l qo‘yib kelayotgan ayrim bojxona va soliq organlari bo‘limlari ham energotizmdagi u yoki bu muammolarga ma'lum darajada munosib “hissa” qo‘shib kelmoqda...
Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotida uzilish bo‘lsa, ko‘pchiligimiz e'tiroz bildiramiz. Albatta, iste'molchi sifatida bunga haqlimiz. Biroq...
Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, ta'minotda kuzatilayotgan u yoki bu muammo (elektr uzilishi, tarmoqdagi nosozlik) faqatgina ushbu tizimning zimmasidagi vazifa, desak xato bo‘ladi. Bu kompleks ish-vazifa hisoblanib, barcha jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
E'tibor bergan bo‘lsangiz, birgina energiya tejovchi lampadan foydalanishimiz natijasida ham o‘zimizning hamyonimizga, ham butun energotizmga, bundan tashqari, ana shu iqtisod qilgan energiyani qaysidir xonadonga yetib borishi uchun ham xizmat qilgan bo‘lamiz.
✍️ Manba: Energetika xabarlari https://t.me/energetika_xabarlari
Shu o‘rinda o‘zbek xalq maqolini eslashimiz kifoya: toma-toma ko‘l bo‘lur... Xalqimizda yana shunday dono ibora borki, dengiz sohilida tahorat olsang ham suvni keragidan ortiq ishlatma, deyiladi unda.
Qo‘shimcha ma'lumotlar:
«ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITILDI
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/440
FM.87.9: «O‘ZBEKISTON–24» RADIOKANALIDA ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI MASALALARI
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/571
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanish rag‘batlantiriladi — Prezident iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/434
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI MASALASIDA MANTIQIY YONDASHUV
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/352
HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR — ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI SARI ARZON VA OSON YO‘L
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/343
uzbekistonmet.uz: No comment…
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1043
CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/150
ENERGIYA TEJAMKORLIGI: DOLZARB MAVZUGA MAKTAB O‘QUVCHILARI BEFARQ EMAS!
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/87
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ: Energiya tejamkorligi bugunning dolzarb mavzusi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/21
ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI VA BUGUNI
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/828
Namangandagi to‘rtta yangi qurilgan uylarning tomi quyosh panellari bilan jihozlandi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1033
«O‘zbekiston–24» radiokanalida dolzarb mavzu — «Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari ostidagi yer maydonlarining himoya zonasi»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1038
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati