Ispaniya shamol energetikasi uyushmasi (AEE) ning yillik kongressida bu haqida uyushma rahbarlari Yevropa komissiyasiga tegishli murojaat bilan so‘zga chiqishdi.
Parrak shamol tegirmonining eng katta qismi bo‘lib, odatda kompozit materiallardan tayyorlanadi. Xozirning o‘zidayoq Yevropada 2022-yilga qadar har yili 3800 dan ortiq, AQSh da esa taxminan 8000 parraklar demontaj qilinadi. Masalan, kam quvvatli (bugungi o‘lchamlar bo‘yicha) shamol tegirmonining atigi uchta 50 metrli parraklarida 20 tonnaga yaqin tola bilan mustahkamlangan polimerlar (FRP) mavjud.
Va agar ulardan ikkilamchi foydalanishning qandaydir maqbul usuli o‘ylab topilmasa, 2050-yilga kelib 40 mln tonna kompozitni utilizatsiya qilish kerak bo‘ladi.
O‘tgan yili AQShdagi shamol generatorlarining ulkan qismlari shunchaki tuproq bilan ko‘milayotgani haqidagi lavhalar internetda tarqalib ketdi. Parraklarni ko‘mish maqsadida ulkan yer maydonlari ajratiladi va ishlab chiqarishning umuman bezarar va ekologik xavfsiz bo‘lmagan usuli haqidagi tabiiy xulosa kelib chiqadi. Yaxshiyamki, parrak yasalgan materiallar xavfsiz va tirik organizmlarga, tuproqqa yoki suvga zarar yetkazmaydi. Lekin chirimaydigan detallar uchun poligonlar tashkil etish haqiqiy muammo bo‘lib qolmoqda - foydalanishdan chiqarilayotgan parraklar borgan sari ko‘paymoqda, utilizatsiya uchun maydon borgan sari kamayib ketmoqda va bunday joylarni tashkillashtirish yashil maydonlarni cho‘lga aylantirib, ekologik muvozanatni buzishga olib kelmoqda.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati