Yangiliklar
Tojikiston Respublikasidan O‘zbekistonga mavsumiy (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti yuzasidan ma'lumotnoma
  • 10.06.2021
  • 585

  O‘zbekiston energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, shuningdek, tabiiy gaz va neft mahsulotlarini yoqish evaziga an'anaviy turda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun elektr uskuna va jihozlarni ta'mirlash-sozlash ishlariga sharoit yaratish maqsadida, 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasi mavsumiy import amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi.

✔️ 2018- yil aprel-sentyabr oylarida 1 480,9 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilingan.

✔️ 2019- yil aprel-oktyabr oylarida 1 425,1 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilingan.

✔️ 2020- yil 2-mayda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Barki Tochik” ochiq aksiyadorlik xolding kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan 2020-yil may-sentyabr oylarida jami 1 255,0 mln. kVt•soat elektr energiyasini import qilish belgilangan bo‘lsa, amalda kamroq — 566,7 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilindi.

❗️ Sababi, “Barki Tochik” OAXKning 2020-yil 13-iyuldagi rasmiy murojaatiga asosan Vaxsh daryosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida “Nurek GES” suv omborida suv sathining 2019-yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi tufayli, 2020-yil 16-iyuldan boshlab O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish qisman to‘xtatilgan edi.

☑️ 2021-yil 4-may sanasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Barki Tochik” OAXK o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilib, 2021-yil may-sentyabr oylarida jami 1 430,0 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilinishi belgilangan.

✔️ 2021-yil may oyida shartnomaga ko‘ra 270,0 mln. kVt•soat elektr energiyasi importi belgilangan bo‘lib, amalda (tezkor) 197,4 mln. kVt•soat  elektr energiyasi import qilindi.

‼️ Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Respublikasidan yozgi mavsumda, ya'ni qishloq xo‘jaligida sug‘orish ishlari jadal olib borayotgan paytda (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti respublikamizda suv resurslari muvozanatini saqlash uchun muhim bo‘lib, kecha-yu kunduz — to‘xtovsiz ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida sozlash va ta'mirlash ishlarini olib borishga sharoit yaratadi. Bunday mavsumda O‘zbekistonda mavjud gidroinshootlarda ham elektr energiyasi ishlab chiqarish hamji birmuncha oshadi.

E'tiboringizga O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo kelishuvlariga muvofiq elektr energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga taalluqli xabar va yangiliklar anonsini taqdim etamiz:

Energetika sohasidagi o‘zbekiston–tojikiston hamkorligi har ikki davlat va markaziy osiyo taraqqiyoti uchun xizmat qiladi

Тавсеаи ҳамкориҳои Ӯзбекистону Тоҷикистон дар соҳаи барқ – Фараж

Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi

Markaziy osiyo va afg‘oniston energetiklari toshkentda

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: prezident qaroriga muvofiq surxondaryo viloyatida yirik investitsion loyiha boshlandi

Onlayn muloqot: Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi 34-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tojikistondan elektr energiyasi mavsumiy import amaliyoti shartnomada belgilangan muddatlar ichida to‘xtatilgan edi

Сезонный импорт электроэнергии из Таджикистана был приостановлен в срок, указанный в соглашении

2021-yilda Tojikiston bilan uzilgan 64 km elektr liniya qayta tiklanadi, loyiha qiymati 14,7 mln dollar

https://taftish.uz/uz/2021/06/10/

https://ishonch.uz/archives/2016

https://qalampir.uz/news/

https://effect.uz/

http://xs.uz/uzkr/58057

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ

Axborot xizmati

>