✅ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning maxsus ko‘rsatmasiga binoan kecha, 8 iyun kuni Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 5 ta viloyat magistral elektr tarmoqlari tarkibidagi 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda Xavfsizlik texnikasi kuni tadbirlari o‘tkazildi.
An'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan amaliy tadbirda Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimlari podstansiya mutaxassislari ishtirokida xavfsizlik texnikasi talablariga tayyorgarlik darajasini o‘rganishdi. Yong‘in xavfsizligi burchaklari, foydali maslahat va eslatma e'lonlari, maxsus asbob-uskunalarning favqulodda holatlarda foydalanishga tayyorligi, sifati, yaroqlilik muddati, ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar qay darajada o‘zlashtirilgani tekshirib o‘rganildi.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ