Yangiliklar
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Denov» podstansiyasida xavfsizlik texnikasi talablariga tayyorgarlik darajasini o‘rganildi
  • 08.06.2021
  • 509

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning maxsus ko‘rsatmasiga binoan bugun, 8-iyun — “Xavfsizlik texnikasi kuni” etib belgilangan bo‘lib, ayni paytda mas'ul mutaxassislar 5 ta magistral elektr tarmoqlari filiallari tarkibidagi podstansiyalarda xavfsizlik texnikasi talablarini o‘rganishmoqda.

  Misol uchun, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Denov» podstansiyasida Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.To‘rayev, Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimi X.Bo‘riyevlar podstansiya mutaxassislari ishtirokida xavfsizlik texnikasiga tayyorgarlik darajasini o‘rganishmoqda.

  Qo‘shimcha ma'lumot:

  500 kVli “Toshkent”  va 220 kVli «Sirg‘ali»  podstansiyasida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi

  XAVFSIZLIK TEXNIKASI MASALASIGA BEPARVOLIK, LOQAYDLIK VA E'TIBORSIZLIK — ENERGETIKLARNING BIRINCHI RAQAMLI DUSHMANI

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>