Yangiliklar
QO‘SHNI DAVLAT HUDUDIDA SODIR BO‘LGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILIB, ELEKTR TA'MINOTI TIKLANDI
  • 03.06.2021
  • 359

  OAV: «Yangiyo‘ldagi elektr energiyasidagi muammolar bo‘yicha Energetika vazirligiga so‘rovnoma-post yuborildi. Javobini kutamiz!!!»

  https://t.me/Yangiyolliklar/22769

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlariga tayanib xabar beradi:

  ❗️Kecha, 2021-yil 2-iyun kuni kuchli shamol paytida, aniqrog‘i soat 20:31 da 22- va 23-sonli gidroelektrstansiyalar oralig‘idagi 110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i qisqa tutashuv tufayli favqulodda o‘chgan.  Mazkur havo liniyasi «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibida bo‘lib, ushbu elektr tarmog‘ining bir qismi Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tgan.

  ⚒ Bugun, 3-iyun kuni soat 14:00da ushbu liniyaning 74- va 75-sonli tayanch ustunlari orasida uzilgan sim ulanib, elektr tarmog‘iga kuchlanish berildi. Mazkur nosozlik joyini aniqlash, ta'mirlovchi brigada chegara postidan o‘tib, nosozlikni bartaraf etish uchun odatdagidan ko‘proq vaqt talab etildi.

  ❗️❗️Nosozlik sodir bo‘lgan elektr tarmog‘ini ta'mirlash paytida qo‘shimcha yuklama bilan ishlagan boshqa liniyalar avtomatik himoya amaliyoti tufayli o‘chib qolishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyati tumanlarining ayrim hududlariga cheklov kiritishga majbur bo‘lingan edi.

  ☑️ Ayni paytda elektr ta'minotida cheklovlar mavjud emas. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib borilayotgan sozlash-ta'mirlash ishlari haqida batafsil ma'lumotlarni «"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot» — https://t.me/hetmuloqot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>