Yangiliklar
Online: Ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda «McKinsey&Company» xalqaro konsalting kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
  • 19.05.2021
  • 366

❗️ Jamiyatning majlislar zalida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda «McKinsey&Company» xalqaro konsalting kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari F.M.Qurbonov va J.T.Ashirboyev hamda Aksiyadorlik jamiyatining mas'ul mutaxassislari «McKinsey&Company» kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlik yuzasidan ishlab chiqilgan ish rejasining bosqichlarini muhokama etishmoqda. Shu bilan birga, onlayn rejimda o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvda xorijiy hamkorlarning chet eldagi vakillari ham videomuloqot orqali o‘z takliflarini bildirishmoqda.

 

⇒ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 515-f-son farmoyishiga binoan «McKinsey&Company» xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda Aksiyadorlik jamiyati va uning tizim tashkilotlarida chuqur diagnostika tahlillari o‘tkazish, tizimli kamchiliklarni aniqlash, xarajatlarni qisqartirish, zamon talablariga javob beradigan operatsion boshqaruv tizimini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra xulosalar amaliyotga tatbiq etiladi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>