Yangiliklar
Xorijiy hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi o‘tkazildi
  • 18.05.2021
  • 394

  Ma'lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini raqamlashtirish jarayoni jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Bunday amaliyotlar energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida ham keng tatbiq etilmoqda.

  “Dispetcherlik boshqaruvi ma'lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA/EMS/RTU) joriy qilish” investitsion loyihasi doirasida “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati hamda mazkur yo‘nalishga tegishli mutaxassis kadrlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Fransiyaning “EDF-CIST”,  Buyuk Britaniyaning “JURU Energy” hamda  “RTE International” (Fransiya) konsortium konsalting kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

  Tadbirda konsultant kompaniya tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) hamda tender hujjatlarini ishlab chiqish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, respublikamiz energetika tizimining bugungi holati to‘g‘risida o‘rganish natijalari hamda kelgusida SCADA tizimni  joriy etish uchun bosh pudratchi tanlash bo‘yicha xalqaro tanlov e'lon qilinishi yuzasidan fikr almashinildi.

  «Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>