OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«1-avgustga qadar ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirish shart» — Shavkat Mirziyoyev
  • 13.05.2021
  • 362

  Ayni vaqt prezident raisligida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

  Davlat rahbari Energetika vaziri Alisher Sultanov, vazir o‘rinbosari Sherzod Xodjaevga «Issiqlik elektr stansiyalari», «O‘zbekgidroenergo» bilan birga, sanoat tarmoqlari, tadbirkorlik sub'ektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun, ikkinchi chorakda jami 15,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarishi zarurligini aytdi.

  «Sultanov (Energetika vaziri — tahr.), Ulug‘bek Mustafoev («Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi — tahr.) viloyat hokimlari bilan birga, joriy yil 1 avgustga qadar, mavjud kechikishni to‘liq bartaraf etgan holda, ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirishi shart», — dedi prezident.


Energetika xabarlari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>