Yangiliklar
PREZIDENT TOPSHIRIG‘I BAJARILDI
  • 22.09.2019
  • 711

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi 3284-sonli qarori asosida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Respublikamiz hududida joylashgan 22 ta podstansiyalarda uskunalarni (modernizatsiya) yangilash ishlari olib borilmoqda.

Bugun mazkur loyihaning bir qismi — Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obyektlarini muntazam va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan 220/110/10 kVli «Jizzax» podstansiyasida 125 MVA li avtotransformator o‘rniga 200 MVA li AT-2 avtotrasformatori ishga tushirildi. 200 MVA li AT-1 avtotransformatorida tekshiruv-sinov ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi magistral tarmoq elektr uskunalarining mukammal ta’mirlash xarajatlarini ma’nan eskirgan podstansiyadagi elementlarni almashtirish hisobiga kamaytirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-31-yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 5-sonli majlis bayonining 106-bandida Jizzax viloyatidagi 220/110/10 kVli «Jizzax» podstansiyasidagi mavjud quvvati 125 MVa li T-2 kuch transformatorining 200 MVA ga almashtirib ishga tushirilishi ko‘rsatilgan edi.

«O‘zbekiston MET» AJning «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan ushbu topshiriqning ijrosi ta’minlandi. Endilikda ish quvvati oshirilgan «Jizzax» podstansiyasi viloyat aholisi, ijtimoiy soha, o‘rta va kichik biznes obyektlari hamda yirik sanoat iste’molchilarini uzluksiz elektr energiyasini ta’minlab beradi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur podstansiyadagi 7 ta 110 kVli havo liniyasi Jizzax viloyatidagi 100 dan ortiq 110 kV va 35 kV podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram

Manba: facebook

Manba: darakchi.uz

>