Yangiliklar
O‘ZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMI «GLOBAL MARKETS» JURNALI NIGOHIDA
  • 18.09.2019
  • 780

Bugun, 18-sentabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga dunyoning nufuzli nashrlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari hamrohlik qilishdi.

Fitsjorj-Parker xonim O‘zbekiston Respublikasining energetika tizimi, xususan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqidagi savollariga Jamiyat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xoliq Boboyorovich Elmurodov javob berdi.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, «Global Markets» jurnali muxbiri O‘zbekiston Respublikasining energetika tizimi haqida informatsion-tahliliy maqolalar yozib, jurnalning maxsus sonini nashrga tayyorlashga mas’ul bo‘lgan jurnalist sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Uni asosan oxirgi 2-3 yilda O‘zbekiston energetika sohasida olib borilayotgan islohatlar, istiqboldagi rejalar va investitsion loyihalarga taalluqli savollar qiziqtiradi. Muxbir jurnal sahifalari orqali mamlakatimizning energetika sohasiga o‘zining sarmoyasi bilan kirish istagini bildirgan xalqaro kompaniya va firmalar uchun dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi.

Shuningdek, Fitsjorj-Parker xonim O‘zbekiston Respublikasi Energetika va Moliya vazirliklarida, bundan tashqari, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekneftegaz» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ, «O‘ztransgaz» AJ va boshqa soha tashkilotlarida bo‘lib, rahbarlar va mutaxassislardan intervyu olishni rejalashtirgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram:

(t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook:

(facebook.com/O‘zbekiston-milliy-elektr-tarmoqlari
 

>