Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Ishga kirmoqchi edim...”

Murojaat egasi: Abdusamadov Karim Norpo‘lat o‘g‘li

  • 23.11.2022
  • 307
Murojaatchi: «Bizning mahallada elektr energiyasida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda: 1 soat yoqishadi — 1 soat o‘chirishadi...»

Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Energetika vazirligining bayonotida hududlarda faqatgina 1 soatgacha cheklov bo‘lishi mumkinligi, aks holda mas'ullarga chora ko‘riladi, deyilgan ekan. Men Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, “Mashat” MFYda yashayman. Bizning mahallada elektr energiyasida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda: 1 soat yoqishadi — 1 soat o‘chirishadi. Kun bo‘yi taxminan 8 sotlab “svet” yo‘q bo‘ladi. “Elektroset”ni telegram gruppasi bor, u yerdan yozsak, javob ololmayapmiz. Iltimos, bir chora ko‘ringlar!

  • 21.11.2022
  • 204
Murojaatchi: «Mana, qish mavsumi keldi, uylardagi isitish moslamasini ishlatish uchun elektr toki yo‘q!»

Murojaat egasi: Imomov Eldorjon Ilyorjon o‘g‘li, Farg‘ona viloyati

  • 21.11.2022
  • 219
Murojaatchi: «Mahallamiz nomidan murojaat: transformatorimizni zudlik bilan almashtirib berishlarini so‘rab qolamiz!»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Uchko‘prik tumani, «Chorbog‘» MFY, Chorbog‘ qishlog‘i, Chorbog‘ ko‘chasi fuqarolari nomidan murojaat. Mana 4 haftadan beri elektr liniyalarimiz nosoz bo‘lib, bir faza bo‘lib, liniyamiz o‘chib qoladi. 3 oy oldin o‘rnatilgan beton “stolba”larimiz hali ulanmagan. Transformator quvvati aholiga nisbatan juda past ahvolda. yetarli quvvat bilan ishlamayapti. Kuchlanishni ko‘tarolmasdan erib ketgan, almashtirishi kerak. O‘rnatilgandagi, ya'ni 2012 yilgi aholiga nisbatan hozirda aholi soni teng ikki barobarga oshgan. Transformatorimiz qizib yotibdi, aholi ko‘p, bu ketishda qishda chiqishning iloji yo‘q. Isboti rasmlari bilan bor. Elektr energiya inspeksiyasiga murojaat yo‘lladik. Hyech qanday harakat bo‘lmadi. Faqatgina ko‘zbo‘yamachilik qilishib, dalolatnoma tuzilib, murojaatga rasmli javob qilishib ketishgan, xolos.

  • 21.11.2022
  • 354
Murojaatchi: «Bizning hududda elektr 2 soatlik cheklovdan tashqari ba’zi mahallalarda 4 soat o‘chirildi. Buxoro shahrida esa yo‘llardagi elektron reklamalar ham “ko‘zni quvnatib” turibdi...»

Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Buxoro viloyati, Buxoro tumani markazida yashayman. 2022-yil noyabr oyida elektr energiyasi uzatilishida cheklovlar borligidan xabardorman. Lekin 16-noyabr kuni Energetika vazirining bayonotida hududlarda faqatgina 1 soatgacha cheklov bo‘lishi mumkinligi, aks holda mas'ullarga chora ko‘riladi, deganlarini o‘qib qoldim. Bizning hududda 17-noyabr kuni 2 soatlik cheklovdan tashqari, bu faqat kunning birinchi yarmi haqida yozyapman, ba'zi mahallalarda 4 soat uzluksiz o‘chirildi.

  • 18.11.2022
  • 206
Murojaatchi: “Elektr hisoblagich sertifikatining amal qilish muddati tugashiga 30 kun qoldi”, deb sms-xabar keldi... Nima qilishimiz kerak? Pul to‘lash kerakmi?

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! “Elektr hisoblagich sertifikatining amal qilish muddati tugashiga 30 kun qoldi”, deb sms-xabar keldi... Nima qilishimiz kerak? Pul to‘lash kerakmi?

  • 15.11.2022
  • 352
Murojaatchi: Insof bilandaaaaaa eeeeeee! Gaz yo‘q bo‘lsa bizda, hech bo‘lmasa tokni yaxshiroq yoqib beringlar!

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Insof bilandaaaaaa eeeeeee! Gaz yo‘q bo‘lsa bizda, hech bo‘lmasa tokni yaxshiroq yoqib beringlar! 5 daqiqa yonadi, 12 soat o‘chadi, yana 5 daqiqa yonadi... Yaxshiroq yoqib beringlar!

  • 15.11.2022
  • 275
Murojaatchi: Pastdarg‘omning Tinchlik mahallasida har kuni uzilishlar sodir bo‘lmoqda. Sutkada 5 yoki 4 soat elektr ta'minoti berilib, qolgan vaqtlarda...

Murojaatga javob: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli, elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Elektr ta'minotida bir nechta ta'sir omillari sababli favqulodda sodir bo‘lgan avariyaviy o‘chishlarni oldindan aniqlab, bu haqda iste'molchilarni ogohlantirishning imkoni yo‘q. Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin:

  • 15.11.2022
  • 294
Murojaatchi: Do‘ngovul mahallasida so‘nggi 15 kun ichida uzilishlar ko‘p bo‘lmoqda!

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Murojaatim shundan iboratki, Ko‘kdala tumani, Xarduri qishlog‘i, Do‘ngovul mahallasida so‘nggi 15 kun ichida uzilishlar ko‘p bo‘lmoqda. Kecha, 11-noyabr kuni soat 18:00 atrofida “svet” o‘chib qolgandi, hozir — 12-noyabr soat 11:34, shu vaqt oralig‘ida bir minut ham yonmadi.

  • 14.11.2022
  • 202
Murojaatchi: “Svet” yo‘q ertalabdan!

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. “Svet” yo‘q ertalabdan!

  • 14.11.2022
  • 311
Murojaatchi: «Elektr toki juda ko‘p uchmoqda...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Elektr toki juda ko‘p uchyapti!

  • 08.11.2022
  • 183
Murojaatchi: «35/10 kVli «Miltiqchi» podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli «Mirzaxo‘ja» elektr uzatish tarmog‘i sababsiz kuniga (7–8 marta, 6–8 soat) elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmoqda...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Uchko‘prik tumani «Mirzaxo‘ja» MFY 35/10 kV kuchlanishli «Miltiqchi» podstansiyasidan chiquvchi 10 kV kuchlanishli «Mirzaxo‘ja» elektr uzatish tarmog‘i sababsiz kuniga (7–8 marta, 6–8 soat) elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmoqda. Tumandagi boshqa qishloqlarda insof bilan, kamroq o‘chadi, lekin bizni xududda har doim shu ahvol — elektrdan ta'minoti tez uziladi. Sizlardan iltimos! Nazoratga olib beringlar! Mana bugun (05.11.2022) soat 20:00 larda elektr toki uzilganicha 23:30 bo‘ldi — hamon “svet” yongani yo‘q! Bu holat bir kunmas, havo sovidi degandan har kuni shu ahvol.

  • 07.11.2022
  • 197
Murojaatchi: «Yoz faslida gaz hisoblagich o‘rnatgan edim. Hozir hisobimni to‘ldirsam ham ishlamayapti...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Yoz faslida gaz hisoblagich o‘rnatgan edim. Hozir hisobimni to‘ldirsam ham ishlamayapti...

  • 26.10.2022
  • 219
Murojaatchi: “Bizning korxona hududidan yuqori quvvatli elektr tarmoqlari o‘tgan...”

Murojaat mazmuni: Bizning korxona Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sabzavot” MFY, Choshtepa ko‘chasi, 71-uyda joylashgan. Korxona hududidan yuqori quvvatli elektr tarmoqlari o‘tgan.

  • 18.10.2022
  • 366
Murojaatchi: “Ishga kirmoqchi edim!”

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Alisher Saodatov! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

  • 18.10.2022
  • 223
Murojaatchi: “4-bosqich talabasiman. Men sizlarda 0.5 stavka ishlab, o‘qishni bitirganimdan keyin to‘liq stavkada ishlamoqchiman!”

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Toshkent davlat texnika universiteti elektr energetika fakulteti 4-bosqich talabasiman. Men tush vaqtigacha, ya'ni soat 12:00 gacha sizning kompaniyangizga ishga kirmoqchi edim. Ishga joylashish uchun siz bilan suhbat qilib ko‘rsam degan edim. Nasib qilsa, sizda 0.5 stavka ishlab, sizga kadr bo‘lib, o‘qishni bitirib, sizning kompaniyangizga to‘liq holda ishga joylashmoqchiman.

  • 12.10.2022
  • 204
>