Murojaat egasi: Muhammadjon Halimovich Qodirov, Farg‘ona viloyati
Elektron pochta: muhammdjonqodirov74@gmail.com
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Uchko‘prik tumani, «Chorbog‘» MFY, Chorbog‘ qishlog‘i, Chorbog‘ ko‘chasi fuqarolari nomidan murojaat. Mana 4 haftadan beri elektr liniyalarimiz nosoz bo‘lib, bir faza bo‘lib, liniyamiz o‘chib qoladi. 3 oy oldin o‘rnatilgan beton “stolba”larimiz hali ulanmagan. Transformator quvvati aholiga nisbatan juda past ahvolda. yetarli quvvat bilan ishlamayapti. Kuchlanishni ko‘tarolmasdan erib ketgan, almashtirishi kerak. O‘rnatilgandagi, ya'ni 2012 yilgi aholiga nisbatan hozirda aholi soni teng ikki barobarga oshgan. Transformatorimiz qizib yotibdi, aholi ko‘p, bu ketishda qishda chiqishning iloji yo‘q. Isboti rasmlari bilan bor. Elektr energiya inspeksiyasiga murojaat yo‘lladik. Hyech qanday harakat bo‘lmadi. Faqatgina ko‘zbo‘yamachilik qilishib, dalolatnoma tuzilib, murojaatga rasmli javob qilishib ketishgan, xolos.
Mahalla raisi ham tuman elektr tarmoqlar korxonasi boshlig‘i Narimonjon Meliqo‘zievga aytgan — chora ko‘rilmadi. Telegram orqali Narimonjon akaga, shaxsiy profiliga ham murojaat yo‘lladim. Biror marta javob qaytarmadi. Bu rahbarning oyog‘i yerdan uzilgan. Hyech qanday chora ko‘rishmadi. Iltimos, “svet”imiz o‘chishi ham ko‘p, sutkada kamida 5 soat bo‘lmaydi. Shu masalada Energetika vazirligiga ham murojaat, yordam berishi — transformatorimizni zudlik bilan almashtirib berishlarini so‘rab qolamiz. Mahallamiz nomidan murojaat.
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Muhammadjon Halimovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/15164
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli, elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.
Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717
Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935
Ma'lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.
Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685
Sayt sahifalarida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2451
Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz
Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istikbol ko‘chasi, 21
Transport:
Metro: Amir Temur bekati
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98
Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
Tel: (998 71) 236-3822
Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz
Ish grafigi:
dushanba - juma: 9:00 - 18:00
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
shanba, yakshanba: dam olish kuni
Ma'lumot o‘rnida:
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
• Call centre: 1154
• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati