OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (10-MA'LUMOT)
  • 18.01.2021
  • 1121

   Uorren De la-Ryuning tajribasini Genrix Gebel (1818-1893) ismli germaniyalik soatsoz usta birmuncha takomillashtirdi.

   1878-yilda Lodigin tajribalaridan bexabar ingliz olimi Jozef Svan (1828-1914) shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani yaratdi. Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama "ko'mir sim" shaklida bo'lib, uning yorug'ligi juda kuchsiz edi.

   1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison (1847-1931) hozirda biz bilgan xo'jalik buyumiga yaqinroq bo'lgan lampochkani ixtiro qildi. Uning ixtirosida Svan tajribalari asos bo'lgani rost, Tomas uni yanada takomillashtirdi.

   Xullas, 1880-yildan boshlab donasi 2,5 dollar bo'lgan lampochkalarning dastlabki shakli ishlab chiqarilib, aholiga sotila boshlandi. Oradan biroz vaqt o'tgach, Jozef Svan va Tomas Edison o'z mablag' hamda bilimlarini birlashtirib, "Edison & Swan United Electric Light Company" tashkilotiga asos solishdi.

   Batafsil: 1- ma'lumot, 2- ma'lumot,  3- ma'lumot, 4-ma'lumot, 5-ma'lumot, 6-ma'lumot, 7-ma'lumot, 8-ma'lumot va 9-ma'lumotlar

 

"O`zbekiston MET" AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>