Yangiliklar
TURKMANISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI IMPORT AMALIYOTI TIKLANDI
  • 22.10.2020
  • 1513

   Avval xabar berganimizdek, kecha, 21-oktabr kuni tonggi soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli "Serdar-Mari GRES" deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog'i favqulodda o'chgan edi.

   Ushbu havo tarmog'i orqali O'zbekistonga 750 MVtgacha elektr energiyasi importi yetkazib berilayotgani, sodir bo'lgan nosozlik tufayli O'zbekiston energetika tizimida 316 MVt quvvat bilan iste'molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgani, shuningdek, tonggi soat 7:00 dan boshlab elektr stansiyalardagi mavjud rezerv quvvatlarni oshirish orqali tarmoqdan uzilgan iste'molchilarga kuchlanish berish bo'yicha zarur choralar ko'rilgani haqida xabar bergan edik.

   Bugun 11:09 da Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmog'idagi nosozliklarni bartaraf etib, O'zbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi.

   Ma'lumot o'rnida: O'zbekiston iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida "Issiqlik elektr stansiyalari" hamda "O'zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatlari tarkibidagi bug'-gaz qurilmalari hamda gidroinshootlar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni rejaga muvofiq davom etmoqda, bu jarayonga Turkmanistondan import amaliyoti ham qo'shildi va ayni paytda mamlakatimizdagi elektr ta'minoti tizimi barqaror faoliyat yuritmoqda.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

 

   Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmog'idagi nosozliklarni bartaraf etib, O'zbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi.

   Bu haqda "O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati ma'lum qildi.

   Kecha, 21-oktabr kuni tonggi soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli "Serdar-Mari GRES" deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog'i favqulodda o'chgan edi.

Kanalga ulanish:
t.me/Rasmiy_xabarlar_Official

https://sputniknews-uz.com/

http://dy.uz/QOVcO

https://kun.uz/45760261

https://korrespondent.uz/cy/news_cy/540

https://qalampir.uz/n/27355

>