Yangiliklar
Fuqarolar ham normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin
  • 07.05.2021
  • 1148

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

  Qonunga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat (NHH) umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

  Qonunning avvalgi tahriri 7 bob, 44 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangisi yangi normalar bilan to‘ldirilgani hisobiga 8 bob, 60 moddadan iborat bo‘ldi.

  Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

konstitutsiyaviylik;
qonuniylik;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;
oshkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.

   Fuqarolar ham referendum yo‘li bilan NHH qabul qilishi mumkin.

  Qonun bilan nizomlar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlarga alohida ta'rif berildi.

  NHH loyihalari huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi shart.

  NHH loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan quyidagi muddatlarda kelishiladi:

➖ qonun hujjatlari loyihalari – 7 ish kunida;

➖ Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida;

➖ vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hujjatlari loyihalari – 5 ish kuni ichida;

➖ mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida.

  Mazkur muddatlarni buzgan rahbarlar ijro intizomi doirasida javobgar bo‘ladi.

 Asos O‘RQ–682-son, 20.04.2021 y.

 Manba: Adliya vazirligi, «Huquqiy axborot» kanali

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish https://t.me/huquqiyaxborot

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>