Yangiliklar
DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNING MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAHLILINI E'LON QILDI
  • 06.05.2021
  • 519

 ✅ Mamlakatimizda bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 578 tani tashkil etadi. Ularning 675 tasi faoliyatsiz, tugatish jarayonida va bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.

❗️2020-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga ko‘ra, hisobot topshirgan 1903 ta korxonaning eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi.

‼️ "Olmaliq kon-metallurgiya zavodi" AJ —eng ko‘p sof foyda olgan korxona, "O‘ztransgaz" AJ esa —zarar ko‘rib ishlagan korxona deb topildi.

  Shuningdek, Agentlik tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy hisobotlarini umumlashtirish maqsadida boshqa organlar bilan elektron ma'lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Manba: www.davaktiv.uz
Batafsil: https://kpi.davaktiv.uz/site/uz/sama

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>