OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan jalb etilgan tashqi qarz bo‘yicha qisqa ma'lumot
  • 04.05.2021
  • 335

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilda investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan jalb etilgan tashqi qarz miqdori jami bo‘lib 306.1 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

  Shundan, 2021-yil davomida xalqaro moliya institutlari tomonidan davlat kafolati ostida jalb etilgan kredit majburiyatlari bo‘yicha chet el valyutasidagi hisobi 22,6 mln. AQSh dollari miqdorida kredit qarzdorliklarini so‘ndirish rejalashtirilgan.

  Misol uchun, joriy yilning yanvar-aprel oylarida 8,1 mln. AQSh dollari miqdorida qarzlar kredit grafigiga asosan o‘z vaqtida to‘lab berildi.

  2021-yil 1-may holatiga muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas.

 

N.Abdullayeva,  «O‘zbekiston MET» AJ Moliyaviy menedjment,

biznes etika,  shaffoflik va komplaens  bo‘limi boshlig‘i

 

  Ma'lumot o‘rnida: Xalqaro moliya institutlari tomonidan davlat kafolati ostida jalb etilgan kredit mablag‘lari qancha miqdorda qaysi investitsion loyihalarga jalb etilgani Aksiyadorlik jamiyatning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma'lumotnoma shaklida e'lon qilib borilmoqda.

 

Davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha MA'LUMOT

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>