Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Ispaniyaning “MRC Consultants and Transaction Advisers S.L.” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi
  • 29.04.2021
  • 460

  Joriy yilning 28-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbar va tegishli mutaxassis hodimlar hamda Ispaniyaning “MRC Consultants and Transaction Advisers S.L.” (QK yetakchi hamkori) konsultant kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvda shuningdek, “MRC Arge Enerji Muh. Kont. Ve Test Hizm. A.S.” (Turkiya) (QK hamkori) va “ABREST Energy Engineering” (O‘zbekiston) (Subkonsultant) konsultant kompaniyalari mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Jahon banki bilan hamkorlikda “Elektr energiyasini uzatish tizimini rivojlantirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan integratsiyalash rejasini ishlab chiqish” (10 yillik Dastur) investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Xalqaro tender natijalariga ko‘ra Ispaniyaning “MRC Consultants and Transaction Advisers S.L.” kompanisi g‘olib deb topilgan.

  Loyiha maqsadi: Elektr uzatish tarmog‘ini tahlil qilish va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishini va an'anaviy, shuningdek qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqarishga investitsiyalarning o‘sishini ta'minlash uchun mamlakatning elektr uzatish tarmog‘ini rivojlantirishning 10 yillik rejasini tayyorlashdan iborat. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga integratsiyasi tufayli energiya taqsimlash tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tahlil qilish va ushbu muammolarni hal qilish choralarini belgilashga qaratilgan.

  Uchrashuv davomida konsultant kompaniya tomonidan 10 yillik Dasturni ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda Respublikamiz energetika tizimining bugungi kundagi holati to‘g‘risida ma'lumotlar berildi hamda kelgusida Elektr enegiyasini uzatish tizimini rivojlantirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan integratsiyalash rejasini ishlab chiqish” bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>