Yangiliklar
“NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI” FILIALIDA AVTOTRANSPORT VA MEXANIZMLAR TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI
  • 28.04.2021
  • 435

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 54-sonli qarori hamda Namangan shahar hokimining 2021- yil 4-fevraldagi 49-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining 2021-yil 15-apreldagi 75-sonli buyrug‘iga asosan filial tasarrufidagi avtotransport va mexanizmlar 2021-yil uchun texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

  Texnik ko‘rikdan o‘tkazishning asosiy maqsadi — avtotransport vositalarining to‘la soz holatdaligi aniqlash va avtotransport vositasi ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishdan iborat ekanligi o‘tkazilgan texnik ko‘rikdagi muloqotda bosh mavzu sifatida muhokama etildi.

  «Namangan MET» filiali ishchi-xodimlari o‘z vazifalarini bajarishda foydalanadigan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda Namangan shahar IIO FBM YXXB boshlig‘i, katta leytenant X.Qaxxarov ishtirok etdi. Jumladan, katta leytenant texnik ko‘rikka yig‘ilgan haydovchilarga Namangan shahrida avtotransport vositalari ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari, inson o‘limiga olib kelgan baxtsiz hodisalar, ularning sabab omillari haqida gapirib o‘tdi. Texnik ko‘rikdagi muloqot davomida maxsus avtomashina haydovchilari bilan o‘zaro savol-javob o‘tkazilib, haydovchilarning harakat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha bilimlari sinab ko‘rildi.

 

  “Namangan MET” filiali Avtotransport va mexanizmlar xizmati katta mexanigi tomonidan yillik texnik ko‘rik jarayonining mohiyati — xavfsizlik texnikasi va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish orqali har bir haydovchiga yuklatilgan vazifalar a'lo darajada bajarilishi, o‘z navbatida, 2021-yil filial tomonidan energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatkichiga bevosita ta'sir ko‘rsatishini tushuntirdi. Avtotransport va mexanizmlar xizmati dispetcheri Z.Sidiqov esa Namangan shahar, shuningdek Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi oyliklarida faol ishtirok etish, ish jarayonida haydovchilar o‘ta ehtiyotkor, boshqa transport vositalari egalariga o‘zaro hurmatda, xushmuomala bo‘lish, ayniqsa, olis hududda joylashgan elektr tarmoq ob'ektlariga tashrif buyurishda piyodalar harakatiga alohida e'tibor qaratish lozimligini uqtirdi.

  Shuningdek, texnik ko‘rik tadbirida yoqilg‘i quyish va siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari so‘zsiz bajarilishi lozimligi aytib o‘tildi.

 A.Nosirov, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Avtotransport va mexanizmlar xizmati katta mexanigi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>