Yangiliklar
219-ta HUDUDDA YOSHLAR SANOAT VA TADBIRKORLIK ZONALARI TASHKIL ETILADI
  • 26.04.2021
  • 378

“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5088-son, 21.04.2021-y.) qabul qilindi.

➡️ Qarorga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 219 ta hududda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi.

➡️ Shunga ko‘ra, ro‘yxatdagi tegishli 77 ta Yoshlar sanoat zonalari – 2021-yil 1-sentyabrgacha,  qolganlari – 2022-yil 1-yanvargacha to‘liq ishga tushiriladi.

  Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish Yoshlar sanoat zonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

✅ Qaror bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

  Yoshlar sanoat zonalari hududida maydoni 1000 m² gacha bo‘lgan yer uchastkalari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi o‘tkazmasdan, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan ajratiladi.

  Moliyaviy resurslar bir yosh tadbirkorlik sub'ekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi.

  2023-yil 31-dekabrgacha Yoshlar sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ta'minoti bilan bog‘liq quyidagicha tartiblar joriy etiladi:

➖ Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beradi;
➖ ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 2 foiz stavkasida sug‘urta polisini taqdim etadi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/9582

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>