Yangiliklar
“Ernst & Young” xalqaro auditorlik tashkiloti bilan muzokaralar uchrashuvi o‘tkazildi
  • 30.03.2021
  • 396

  Bugun, 30-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ma'muriyati a'zolari Aksiyadorlik jamiyati binosida “Ernst & Young” xalqaro auditorlik tashkiloti bilan muzokaralar uchrashuvini o‘tkazdi.

  Uchrashuvda 2019–2020-yillardagi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqligi, ya'ni moliyaviy hisobotlarni “Auditning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq auditorlik tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

  Muzokaralar davomida “Ernst & Young” xalqaro auditorlik tashkiloti “O‘zbekiston MET” AJning faoliyati bilan yaqindan tanishib, auditorlik tekshiruvi uchun zarur hisoblangan ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>