Yangiliklar
"O'zimiz uchun kuz-qish mavsumini unutdik. Bizlarda endi doimiy mavsum" – Energetika vaziri
  • 24.03.2021
  • 388

  Bugungi Prezident videoselektorida so'zga chiqqan Energetika vaziri Alisher Sultonov Davlat rahbarining "Bu yil kuz-qish mavsumi nima bo'ladi?"– degan savoliga javob berib, qo'shni davlatlar bilan hamkorliklarni tiklash evaziga nafaqat kuz-qish mavsumlarida, balki, yozgi mavsumda ham elektr-energiya ta'minoti muammolarining ijobiy hal bo'lishiga va'da berdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri xabar qilmoqda.

  "O'zimiz uchun kuz-qish mavsumini unutdik. Bizlarda endi doimiy mavsum. Bizda elektr energiya ta'minoti bo'yicha yozda ham ko'p yuklanishlar bo'lyapti. Sentyabrgacha Tojikiston bilan uzilgan tarmoqlarni tiklaymiz. Huddi shunday Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston bilan ham", - dedi Energetika vaziri.

  Shuningdek, Alisher Sultonov mustaqillikdan so'ng o'tgan 25 yil davomida 9 ming 300 km elektr tarmoqlari, 4800 ta transformatorlar yangilangan bo'lsa, o'tgan so'nggi 4 yilda 25 ming km elektr tarmoqlari qurilib, 8 ming 900 ta engil transformatorlar o'rnatilgan, bu yil esa 15 ming km elektr va 4 ming dona transformatorlar o'rnatilgani bo'yicha ma'lumotlarni keltirib, qilingan ishlarni taqqosladi.

  Shuningdek, Davlat rahbari gaz ta'minotidagi yangilanishlarga ham to'xtalib o'tdi:

  "1958-yilda qurilgan hamma trubalarni almashtiramiz. Bu trubalar juda yupqalashib, gaz ko'tarilsa, jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Trubalarni almashtirishda davlat-sherikligi asosida ishlarni tashkil qilamiz. Bu jahon tajribasida bor va biz ham sekin-sekin joriy qilamiz. Agar elektr va gaz bo'lmasa, u qanday "Obod qishloq" bo'ladi?"– dedi Prezident.

 

 

 

 

http://darakchi.uz/uz/116243

https://t.me/energetika_xabarlari

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>