Yangiliklar
ADLIYA VAZIRLIGI QONUNCHILIK HUJJATLARINING OʻZ VAQTIDA AMALGA OSHIRILISHINI TAʼMINLASH YUZASIDAN MONITORING YURITADI
  • 13.03.2021
  • 420

  Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan monitoring yuritadi
  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (PF–6184-son, 09.03.2021-y.)

  Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, Adliya vazirligi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etadi.

  Bundan tashqari, vazirlik qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan oʻrganishlar olib boradi va monitoring yuritadi.

  Vazirlik qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha har chorakda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

  Endilikda hududiy adliya boshqarma boshliqlari oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida yuridik texnikumlar direktorlari hisoblanadi.

  Ilgari hududiy adliya boshqarma boshliqlari direktor edi.

  Shuningdek, notariuslar tomonidan statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash Notarial palata bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

  Ilgari vazirlik tomonidan mustaqil belgilangan.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot

https://yuz.uz/uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>