«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASIDAN
  • 18.01.2021
  • 616

  1️⃣ Davlat korxonalari qisqartiriladi.
Xususan,
  2021-yilda "Sanoatqurilishbank", "Asaka bank", "Ipoteka bank", "Aloqa bank", "Turon bank" hamda "Qishloq qurilish bank" ni xususiylashtirishga tayyorlanadi. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga to'liq sotiladi;
  "Farg'ona azot" va "Dehqonobod kaliy" zavodlari, "Koka-kola ichimligi" korxonasi, "Bildirsoy" va "Chorvoq" oromgohlari, "Ichan qal'a" va "Hyatt Regency" mehmonxonalari, "Poytaxt" biznes majmuasi, alkogol, yog'-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korxonadagi davlat ulushi sotuvga qo'yiladi;
  davlat ulushi bo'lgan korxonalar soni, kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartiriladi.

  2️⃣ 2021-yilda davlat va xususiy elektr stansiyalari hamda iste'molchilar o'rtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlanadi.

  3️⃣ Tabiiy gaz ta'minotida monopoliyani bekor qilinadi. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlarga birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste'molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo'ladi. "O'ztransgaz" kompaniyasi esa faqat gazni transportirovka qiladi.

  4️⃣ Suyultirilgan gaz importiga o'rnatilgan bojlar bekor qilinadi.

  5️⃣ 2021-yil 1-martdan boshlab, Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi o'rnatiladi.

  6️⃣ 2021-yildan boshlab oziq-ovqat, neft va elektrotexnika kabi tarmoqlarda 73 ta aksiz solig'i bekor qilinadi.

  7️⃣ Banklararo valyuta bozori "onlayn" platformaga o'tkaziladi va tadbirkorlarga valyutani bevosita bankning o'zidan sotib olish uchun imkoniyat yaratiladi. Natijada tadbirkorlar valyutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olishi mumkin bo'ladi.

  8️⃣ Biznes-Ombudsmanga davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari bo'yicha bunday mansabdorlarni ma'muriy javobgarlikka tortish vakolati beriladi.

  9️⃣ "Soliqchi — ko'makchi" tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

  1️0️⃣ Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar kelgusi yil yakunigacha uzaytiriladi.

  1️1️⃣ 1 milliard so'mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkaziladi.

  1️2️⃣ Tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko'rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi.

  1️3️⃣ Tadbirkorlik sub'ektlarida tekshirishlar o'tkazishga moratoriy muddatini yana bir yilga uzaytiriladi.

  1️4️⃣ 2021-yil 1-martdan boshlab ichki turizm yo'nalishlaridagi aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish va aviachipta narxining bir qismini byudjetdan qoplab berish tizimini joriy etish vazifasi yuklanadi.

  1️5️⃣ Eksport qiluvchilarga chet elda savdo uylari va do'konlar ochish hamda reklama xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

 

Batafsil: ‖ Ўзб.  ‖ O'zb.  ‖ Rus.  ‖

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>