Bo'sh ish o'rinlari
DIQQAT, ISHGA TAKLIF ETAMIZ!
  • 11.02.2021
  • 893

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Ichki audit xizmati boshlig‘ini tanlash uchun tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

- auditorning ma'lumotnomasi (rezume);

- auditorning pasporti va diplomining nusxalari;

- auditor (mavjud bo‘lsa) va ichki auditorlik guvohnomasining nusxasi;

- tanlov uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar.

Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- Oliy ma'lumot;

- Buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati bo‘yicha so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh yil ish tajribasi;

- Energetika sohasi to‘g‘risida yetarli darajada ma'lumotga ega bo‘lish;

- Ixtisoslashgan auditorlik ko‘nikmalarini bilish va ularni qo‘llash qobiliyati, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini bilish.

Diqqat, tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Tanlovga oid hujjatlar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga  info@uzbekistonmet.uz yoki uzbekiston_met@exat.uz elektron pochtlari orqali yoki Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy pochta manziliga yuborilishi kerak. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: 71-236-69-15.

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>