Yangiliklar
VATAN HIMOYACHILARI KUNIDA HAMKASBLARIMIZNING KASBIY MUVAFFAQIYATLARI E'TIROF ETILDI
  • 14.01.2021
  • 970

  Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida qariyb 5 ming nafardan iborat ishchi-xodimlar mehnat qiladilar. Ularning 22,5 % foiz tarkibi xotin-qizlardan iborat bo'lsa, qolgan 77,5 % foizini erkaklar tashkil etadi.

 

   Asosan muhandis, texnik va elektr montyorlaridan iborat jamoa tarkibida zaxiradagi zobitlar, harbiy xizmat davrida maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassis kadrlar, baynalminal harbiy harakatlarda ishtirok etgan faxriylar bor. Shuningdek, Jamiyat tarkibida idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmati mavjud bo'lib, unda harbiy unvonga ega mutaxassislar ham xizmat qiladi.

   Bir so'z bilan aytganda, Energetiklarning jamoasida bugungi bayram, 14-yanvar — O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

 

 

 

   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilariga yo'llangan bayram tabrigi energetiklar jamoasi nomidan qizg'in kutib olindi. Mamlakatimizda yosh avlod jismoniy va ma'naviy sog'lom, ona Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar bo'lib ulg'ayishi, shonli tariximizdan ibrat olib, undan faxrlanib yashashlari uchun barcha kuch va imkoniyatlar to'liq safarbar etilganidan behad xursandmiz.

Aziz hamkasblar, barchangizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman!

Bugungi bayram sanasi vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlarga ega har bir yurtdoshimizning bayramidir. Energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog'ida xizmat qilayotgan fidoiy mutaxassislarning barchasi "Vatan himoyachisi" sharafiga loyiq.

Fursatdan foydalanib energetiklar jamoasi nomidan Mudofaa tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni bugungi bayram bilan samimiy qutlaymiz. Ilohim, xalqimiz hayoti farovon, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!

   D.A.Isaqulov, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

   Bugun tongdan Jamiyatimizning boshqa filiallari va tarkibiy tuzilmalaridagi kabi Markaziy boshqaruv apparatida ham bayram kayfiyati. Jamiyatimiz xotin-qizlari nomidan jamoamizdagi yurtimizning mard o'g'lonlari Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlandi.

 

 

 

   Bayram munosabati bilan kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg'alari tarqatildi. Eng muhimi, hamkasblarimizni tabriklash jarayonida jamoamiz xotin-qizlari ularning sohada erishayotgan yutuqlarini, kasbiy muvaffaqiyatlarini alohida e'tirof etishdi va barchaga bayram kayfiyatini tuhfa etishdi.

 

   Qisqasi, bugun "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida o'tkazilgan kichik tadbir haqida eng yaxshi taassurotlarni tabrik jarayonida olingan fotosuratlardan olishingiz mumkin.

   Marhamat:

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

   Hurmat bilan,

   N.J.Xidirova, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmalari raisi


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>