Yangiliklar
FM.87.9 to‘lqinlarida 200 kV•soat — aholi isteʼmolchilari uchun ijtimoiy himoya unsuri sifatida saqlab qolingan «ijtimoiy meʼyor» miqdori haqida axborot berildi
  • 15.07.2024
  • 51

«O‘zbekiston–24» radiokanalida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov ayni paytda ijtimoiy tarmoq sahifalarida tobora muhokamalar markazida bo‘layotgan masala — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel sanasida imzolangan 204-sonli qarorida belgilangan «baʼzaviy meʼyor», ya’ni «ijtimoiy norma» haqida axborot berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-iyul kuni jurnalistlar va blogerlar uchun ASKUE va ASKUG markazlarida press-tur tashkil qilingan edi. Mazkur intervyu ushbi mediatadbirda yozib olingan.
 

Ijtimoiy tarmoqlarda "200 kV•soat limit" deb atalayotgan elektr energiyasi miqdori limit emas, aslida isteʼmolchilar uchun davlat subsidiyasi ijtimoiy himoya unsuri sifatida saqlab qolingan «ijtimoiy miqdor», yaʼni imtiyoz miqdori ekan.

Bu masalani oddiy arifmetik misollarda tushuntirib bersak, masala mohiyatini anglash yana-da osonlashadi.

Bozor iqtisodiyotining bugungi sharoitida 1 kV•soat elektr energiyasining tannarxi taqriban 1000 so‘m atrofida ekanligini hisobga olsak, 2024-yil 1-may sanasidan aholi isteʼmolchilar bir oy yakuniga ko‘ra (misol uchun) 450 kV•soat elektr energiyasi isteʼmol qilganda quyidagicha haq to‘laydilar:

► 200 kV•soat = 200 kV•soat «ijtimoiy norma» miqdori
► 250 kV•soat  «baʼzaviy meʼyor»dan oshgan qismi.

♦ isteʼmolchi «baʼzaviy meʼyor» miqdorida– 200 kV•soat x 450 so‘m = 90 000 so‘m;
♦ davlat subsidiyasi – 200 kV•soat x 550 so‘m = 110 000 so‘m;
♦ isteʼmolchi «baʼzaviy meʼyor» miqdoridan oshganda – 250 kV•soat x 900 so‘m = 180 000 so‘m;
♦ davlat subsidiyasi – 250 kV•soat x 100 so‘m = 25 000 so‘m;

♦ ISTEʼMOLCHI (jami) 450 kV•soat uchun 270 000 so‘m.
♦ DAVLAT SUBSIDIYASI (jami) 450 kV•soat uchun 135 000 so‘m.

Demak, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel sanasida imzolangan 204-sonli qarorida elektr energiyasi uchun belgilangan narx tariflarida barcha toifadagi isteʼmolchilar uchun ijtimoiy himoya unsurlari saqlab qolingan holda, energiya resurslarning isteʼmolchilarga yetkazib berish tariflari uning tannarxiga yaqinlashtirish bosqichiga ko‘tarilgan, deya xulosa qilishimiz mumkin.

Radioboshlovchi — Dilshod Bo‘riyev. Eshittirishni tayyorlagan jurnalist — Nilufar Ahmedova.

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>