Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-son qarori qabul qilindi
  • 09.07.2024
  • 49

Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar, jumladan mustaqil ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilarning magistral elektr tarmoqlariga ulanishini soddalashtirish hamda ularga teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
 
Qoidalar magistral elektr tarmoqlarini rejalashtirish hamda uni xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish, magistral elektr tarmoqlariga ulanish va undan foydalanish huquqlariga doir talablar hamda ularning ishlash tartibini belgilash sohasidagi, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarining taqsimlash tizimlariga ulanishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

▶️ Batafsil

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>