Yangiliklar
FM.103.1 to‘lqinlari — «O‘zbekiston» radiokanali «JARAYON» dasturining maxsus reportaji efirga uzatildi — mtrk.uz
  • 02.07.2024
  • 50

Avval xabar berganimizdek, yaqinda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ katta majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tgan edi. Unda Aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda OAV vakillari, jumladan «O‘zbekiston» radiokanali muxbiri O‘rol Pardayev ham ishtirok etgandi.

Uchrashuvdan tayyorlangan reportajda Siz MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetik Dadajon Aynaqulovichning yoshlarga tavsiyalari, mamlakatimiz va mintaqa elektr energetika sohasidagi yangiliklar, shuningdek, sohada yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar eshigini ochish, yaxshi mehnat va karyera sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha tizimli ish olib borilayotgani haqidagi ma’lumotlarni tinglashingiz mumkin.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>