Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
  • 27.06.2024
  • 137

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma’lumotlar:

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati  tashkil etilgan;

✔️ Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2019-yil 23-avgustdagi 66/k-sonli buyrug‘i bilan Axborot xizmati rahbari, ya’ni boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Urunov Ulug‘bek Pulatovich tayinlangan;

✔️ Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dastlabki suhbat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu haqda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi nomiga tavsiyanoma xati taqdim etilgan;

✔️ Axborot xizmatida Aksiyadorlik jamiyati shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik ta’minot bo‘yicha yordamchilar, ya’ni veb-saytga ma'lumotlarni joylashtirish uchun «Energo–IT» filialining ikki nafar, “Infografika” studiyasi faoliyatini yuritish uchun “Energo–IT” filialining bir nafar xodimi biriktirilgan;

✔️ Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida 001006-sonli guvohnoma berilgan. PQ-4366-son qarorga muvofiq matbuot kotibiga maslahatchi maqomi berilgan bo‘lib, transport, tibbiy va ish haqi shartlariga ko‘ra boshqaruvi raisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

✔️ «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Odnoklassniki, Utube, Youtube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda.

✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

⇒ Shuningdek, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste’molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste’molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e’lon qilinmoqda.

✔️ O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.

✔️ Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma’lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz  veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli yangi rukn tashkil etilgan. Shuningdek, “Yoshlar siyosati” nomli yangi rukn orqali yoshlar siyosaiga oid ma’lumotlar berib borilmoqda.

✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning +998 55 500-5545 maxsus aloqa telefoni — Call sentr, Axborot xizmati raqami 71-236-6035 (matbuot kotibi), ISHONCH RAQAMI, ya’ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46, «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649, bundan tashqari, Devonxona (kanselyariya) +998 71-236-6226 raqamlari (faqat rasmiy xatlar yuzasidan) hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining yordamchisi 71-236-56-22 telefon raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Xalq qabulxonasi» ruknida Jamiyat boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlarining qabul kunlari, qabul qaydnomasiga yozilish uchun telefon raqamlari e'lon qilingan.

✔️ Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda.

✔️  Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

✔️ Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 10 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.

✔️ Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma'lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

✔️ Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma’lumotlar soni 4100 dan ziyod bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>