Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.B va boshqalar “Xasanboy” MFY hududida tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani rezina shlang yordamida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 590,7 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/11889
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati