«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: Elektr taʼminoti tizimining barqaror faoliyati — tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning tayanchi hisoblanadi
Barchamizga maʼlum, so‘nggi 6–7-yilda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga, jumladan o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga keng imkoniyatlar berildi. Buning natijasi o‘laroq hozirda minglab yuridik shaxslar, yaʼni mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga o‘z hissasini ko‘shib kelmoqda. Shu bilan birga, yirik sanoat korxonalar soni oshib bormoqda.
Albatta, bu davr ichida aholi sonining oshib borishi va hamyurtlarimizning turmush sharoitlari yaxshilanib borayotgani rost. Bularning barchasi yoqilg‘i-energiya resurslariga bo‘lgan talabni keskin oshirib yuborayotgani ham ayni haqiqat. Shuning uchun energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar ko‘lami keng olingan. Ammo hali qilinadigan ishlar ko‘p, muammolar bor. Demak, yangi tarmoqlar qurish, mavjudlarini modernizatsiya-rekonstruksiya qilish talab etiladi va tizimni raqamlashtirish jarayoni jadallashishi lozim.
Xuddi shu kabi vazifalar bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlaridan biri bo‘lgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish hamda ularni joriy va kapital taʼmirlash, sanoat hamda urbanizatsiya taraqiyoti manzillariga muvofiq rivojlantirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va qisman qo‘shni davlatlardan import qilinayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli tarmoqlar orqali taqsimlovchi elektr tarmoqlariga yetkazib berish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish, shu bilan birga, sohada qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 85 ta yuqori kuchlanishli podstansiya va 12 ming kilomerdan ziyod 220 va 500 kilovolt kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansida jami 12594,52 kilometr uzunlikka ega elektr tarmoqlari bo‘lib, shulardan 500 kilovolt kuchlanishli — 2877,4 kilometr, 220 kilovolt kuchlanishli — 8568,8 kilometr, 110 kilovolt kuchlanishli — 1089,5 kilometrni tashkil etadi.
Tan olib aytish kerakki, mustaqillikning chorak asri davomida elektr tarmoqlari va podstansiyalarda jismonan va maʼnan ekirgan elektr uskuna-jihozlari deyarli almashtirilmagan, faqat joriy va mavsumiy taʼmirlangan. Oxirgi olti-yetti yilda esa xalqaro moliya institutlar mablag‘lari jalb etilib, yirik investitsiya loyihalari, bundan tashqari, davlat-xususiy sherikligi asosida o‘nlab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Keling, aniq raqamlarga to‘xtalaylik...
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2023-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 17 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 23 ta investitsiya loyihasini tashkil etadi va bu reja joriy yilda bajarilmoqda.
Yana bir fakt hamda joriy yilga reja: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Modernizatsiya dasturi doirasida 7 ta podstansiyada 1452,3 megavoltamper qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi. 2024-yil bu ko‘rsatkich yana 3 ta podstansiyada jami 434 megavoltamper bo‘lishi uchun tegishli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
2023-yilda bajarildi: Modernizatsiya dasturi doirasida 7 ta podstansiyada 1452,3 MVA qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi. Jumladan,
Bundan tashqari, jami 309 ta kuch transformatori, 1716 ta 110–220–500 kV kuchlanishli o‘chirgichlar, 25 ta kompressor qurilmasi, 5900 km ziyod uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari mukammal va joriy taʼmirlandi, 11865 km uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari davriy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
2024-yil uchun reja: modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 3 ta podstansiyada jami 434 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilishi rejalashtirilgan, jumladan, Andijon viloyati “Lochin” podstansiyasida 300 MVA, Namangan viloyati “Sardor” podstansiyasida 100 MVA, Toshkent shahri “Quyliq” podstansiyasida 34 MVA.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan ish va keltirilgan raqamlar yuqori kuchlanishli podstansiya va tarmoqlarda birorta muammo va kamchiliklar qolmadi, degani emas. Yildan-yilga, mavsumdan-mavsumga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun hali ko‘plab elektr qurilma va jihozlar yangilanishi, muhimi — to‘g‘ri ekspluatatsiya etilishi, zamonaviy, ixcham, raqamli texnologiyalar asosida ishlaydiganlariga almashtirilishi lozim va bu ishlar amalga oshirilmoqda.
Aks holda 2023-yilda generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan 71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasini tarqimlovchi tarmoqlarga uzatishning imkoni bo‘lmas edi. Joriy yilda esa magistral elektr tarmoqlari orqali 74,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda.
Xo‘sh, Qoraqalpog‘istonda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
«Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filialining tasarrufida 220 kilovolt kuchlanishli 2 ta: “Qoraqalpog‘iston” va “Beruniy” hamda 110 kilovolt kuchlanishli “Texnologik” podstansiyalari mavjud. Ushbu podstansiyalarning jami o‘rnatilgan quvvati 580 megavol-amperni tashkil etadi.
Misol uchun, Filial tasarrufidagi 220 kilovolt kuchlanishli L-Beruniy (el-beruniy) elektr uzatish havo tarmog‘ining uzunligi 157,62 kilometr bo‘lib, joriy yilda uning 40 kilometri mukammal taʼmir rejasiga kiritilgan va bu ishlar hozirda amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, 2024 yil yoz mavsumiga tayyorgarlik, mavjud transformatorlarning sovutish tizimining sozligi, shu bilan birga, tarmoq va podstansiya jihozlarini teplovizor ko‘rigidan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.
Shuningdek, barcha podstaniyalarda tun-u kun navbatchilik tashkil etilgan. Ayni paytda podstansiyalarning estetik qiyofasini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Energetika tashkilotlari o‘z bino-inshootlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rtatish bo‘yicha ham ilg‘or hamda namuna eʼtirofiga sazovor. Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyatining barcha maʼmuriy bino va inshootlariga umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan 21 ta kichik quyosh stansiyalari o‘rnatildi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati energetika obyektlari hamda maʼmuriy binolarida 12 ta, umumiy sig‘imi 1800 litr bo‘lgan quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi energetiklar beminnat issiq suv manbaidan ham samarali foydalanishmoqda.
Demak, xulosa shuki, magistral elektr tarmoqlaridagi vazifalarni jadal surʼatlarda, sifatli tarzda bajarish, bu orqali mamlakatimizdagi elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish lozim. Shuningdek, isteʼmolchilarning o‘sib borayotgan talablarini qondirish, yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik biznes vakillari rivoji uchun ishonchli elektr taʼminoti yaratish jarayoniga o‘z hissasini ko‘shish magistral tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar oldida turgan vazifa.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son farmoniga muvofiq, «O‘zbekiston MET» AJning tegishli buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 5 gektar yer maydoniga 20 ming dona terak ko‘chati o‘tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.
⇒ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasini yana-da ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida «Yashil belbog‘»lar barpo etilishi belgilab berilgan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati