Yangiliklar
Press-tur: Yuqori kuchlanishli podstansiya boshliqlari uchun malaka oshirish tadbirlari tashkil etildi
  • 29.03.2024
  • 75

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ishchi tartibdagi yig‘ilishda Aksiyadorlik jamiyati mutaxassis kadrlari malakasini muntazam oshirib borish hamda ularni zamonaviy ilg‘or tajribalar bilan tanishtirish yuzasidan qator vazifalar qo‘ygan edi.

Shu bois, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinboasi A.A.Nazirov topshirig‘iga binoan, Aksiyadorlik jamiyati mutaxassis kadrlar malakasini oshirib borish hamda ularni zamonaviy ilg‘or tajribalar bilan tanishtirish maqsadida, joriy yilning 25 mart sanasidan 29 martga sanasiga qadar “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali Xodimlarni tayyorlash markazida, Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati bilan hamkorlikda, yuqori kuchlanishli podstansiyalar boshliqlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Misol uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 16 nafar podstansiya boshliqlari «ACWA power Sirdarya» AJ hamda «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi» AJ energetika obyektlariga malaka oshirish — press-tur tadbirida ishtirok etishdi.

Suratlarda yuqori kuchlanishli podstansiya boshliqlari issiqlik elektr stansiyalari ish faoliyati hamda yangi qurib foydalanishga topshirilgan ochiq taqsimlovchi qurilmalarga o‘rnatilgan zamonaviy uskuna va jihozlar ish tamoyili bilan yaqindan tanishgani aks etgan.

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>