Yangiliklar
Bosh prokuratura: Fuqaro 680 mln. so‘mlik 461,4 ming kVt•soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi
  • 27.03.2024
  • 32

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, fuqaro F.X. Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-mavzedagi ko‘p qavatli uylardagi yashash xonadonining yerto‘lasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 680 mln. so‘mlik 461,4 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro  F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom  etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

Manba: Telegram

https://t.me/uzbprokuratura/39180

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>